“Sharg’unko’mir” AJ ishchi-xodimlari va jamiyatga tashrif buyuruvchilar diqqatiga!
“Sharg’unko’mir” AJ bosh direktorining 2024 yil 4 yanvardagi 10-sonli buyrug’iga ko‘ra tasdiqlangan ““Sharg’unko’mir” AJ hududiga kirish-chiqish (ruxsatnoma rejimi)ni tashkil etish bo’yicha Yo’riqnomani kuchga kiritish to’g’risida”gi yo’riqnomaning 1.5, 2.2-bandlariga ko’ra ““Sharg’unko’mir” AJ hududiga Nazorat O’tish Punktlari orqali ishchilar, xizmatchilar “Xizmat guvohnoma”lari va magnit kartalar orqali, tashrif buyuruvchilar, vazirliklar (idoralar) xodimlari shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan belgilangan namunadagi ruxsatnomalar asosida o’tkaziladi.” deb belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Sharg’unko’mir” AJ barcha ishchi-xodimlaridan yangi turdagi “Xizmat guvohnoma”lari bilan jamiyat hududiga kirib-chiqishni amalga oshirishlari so’raladi. Jamiyat Nazorat O’tish Punktlarida “Qo’riqlash xizmati” qo‘riqchilariga “Xizmat guvohnoma”sini taqdim etmagan ishchi-xodimlarni jamiyat hududiga kiritmasligi haqida ogohlantiramiz.
“Sharg’unko’mir” AJ ma’muriyati