“Sharg‘unko‘mir” AJ hamda “Amikam” kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi
563 ko'rishlar

“Sharg‘unko‘mir” AJ hamda “Amikam” kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi

“Sharg‘unko‘mir” AJni modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Sharg‘unko‘mir” AJ hamda “Amikam” (Xitoy) kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Shartnoma yer osti ko‘mir qazib olish majmualarini (Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘mir konlari qatorida) ekspluatatsiya qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek mahalliy mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.