“Sharg’unko’mir” AJ da temiryo’lchilar bayrami!
385 ko'rishlar

“Sharg’unko’mir” AJ da temiryo’lchilar bayrami!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq joriy yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz bo’ylab ushbu tizim korxonalarida kasb bayrami tantanali tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 5 avgust kuni, Sariosiyo tumani Madaniyat saroyida “Sharg’unkomir” aksiyadorlik jamiyatining bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirga Sariosiyo tumani hokimi Donayev Abduqodir Haydarovich tashrif buyurdi. Dastlab Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev barcha temiryo’lchilar va konchilarni bayram bilan tabriklab, “Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Abdullayev Xamza Nayimovichga fidokorona mehnatlari uchun tuman hokimligining tashakkurnomasini taqdim etdi.

Shundan keyin “Sharg’unko’mir” AJning bir guruh ishchi va xizmatchi xodimlari tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.


“Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Xamza Abdullayev tadbir qatnashchilariga “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisining tabrigini o’qib eshittirdi.

“Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Xamza Abdullayev “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi tomonidan yuborilgan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alarni o’z egalariga topshirdi.

Shuningdek “Bosh direktor kubogi-2023” futbol musobaqalarida g’alaba qozongan jamoalar ham Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan munosib taqdirlandi.


Sariosiyo tuman Madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan badiiy chiqishlar, raqs va ashula bayramni yanada fayzli o’tishiga xizmat qildi.