
“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M.A.Azizkulovning konchilarga va barcha yurtdoshlarimizga O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami munsabati bilan tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram konchilar! Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
Bugun jannatmakon O`zbekistonimiz mustaqqilligining 34 yilligi bayramini dilda quvonch va katta shodiyonalar bilan kutib olish taraddudida turibmiz. Alloh taolo bu saodatli va qutlug` ayyomni barchamizga muborak aylasin.
Barchangizni O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz to`rt yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Yurtimizda Mustaqillik barcha siyosiy-huquqiy kafolatlarni o`zida mujassam etib, jamiyatimizda tinchlik, inson qadri, huquq va manfaatlarini ta’minlashda beqiyos tayanch bo`lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang ravishda tog`-kon sanoati, sanoat xavfsiziligini ta’minlash faoliyati ham takomillashib bormoqda.
Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining alohida qaror va farmonlari bilan so`nggi yillarda tog`-kon sanoati tizimida ham yangi maqsadlar belgilandi va soha fidoyi xodimlari bilan bahamjixatlikda belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar, erishilayotgan yutuqlar – Sizning fidoiy mehnatingiz samarasidir.
Ayni paytda, Mamlakatimiz bo`ylab keng nishonlanayotgan Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami bilan Siz azizlarni samimiy muborakbod etib, zahmatli biroq sharafli kasbingizda xar doim kamol topishingiz tilakdoshman.
Ulug` bayramimiz munosabati bilan sizlarga mustahkam sog`lik, ulkan oilaviy baxt, tinchlik, totuvlik, hamjihatlik va farovonlik tilayman. Hayotingizning har bir kuni mehr, shodu xurramlik va yangi zafarlarga to`lsin, amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz esa jonajon O`zbekistonimiz shon-shuhratini yuksaltirishga xizmat qilsin!
Mehnatkash va olijanob, bag`rikeng konchilarimiz doimo sog`-omon bo`lsin!
Yaratganning o`zi barchamizni panohida asrasin!
Mustaqilligimiz abadiy bo`lsin!
M.A.Azizkulov “Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori