• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 “Shargʻunkoʻmir”aksiyadorlik jamiyatda “Korrupsiyaga qarshi kurashish SIYoSATI”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish SIYoSATI” talablarini bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan xolatlar toʻgʻrisida profilaktik tadbir tashkil etildi.

“Shargʻunkoʻmir”aksiyadorlik jamiyatda “Korrupsiyaga qarshi kurashish SIYoSATI”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish SIYoSATI” talablarini bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan xolatlar toʻgʻrisida profilaktik tadbir tashkil etildi.

“Shargʻunkoʻmir”AJning Komplayens va korrupsiyaga qarsh kurash xizmati xodimlari ishtirokida quyi texnologik majmua “Temir yoʻl transporti” hamda “Koʻmirni qabul qilish va yuklash” uchastkalarida “Shargʻunkoʻmir”AJning 2024 yil 18-noyabrdagi  №288 buyrugʻi asosida  qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish SIYoSATI”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish SIYoSATI” talablarini bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan xolatlar toʻgʻrisida profilaktik tadbir tashkil etildi. Ishchi-xodimlarga  ushbu Siyosatlarning mohiyati va jamiyat ravnaqida tutgan oʻrni,  SIYoSATlarning  ishchi-xodimlar orasida hamda Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgani,  Jamiyat xodimlarining yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqligi, shuningdek, Jamiyat boshqaruv apparati, tarkibiy uchastka va bo‘limlarining xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettirilgani, Ushbu Siyosatlar O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash”, “Davlat fuqarolik xizmati”, “Manfaatlar toʻqnashuvi” to‘g‘risidagi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son, 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6013-son Prezident Farmoni, 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmonlari hamda 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabridagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qaroriga muvofiq bajarilishi hamda talablari asosida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida umumiy ma’lumot berib oʻtildi. Ishchi-xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.