• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 “Shargʻunkoʻmir”aksiyadorlik jamiyatda aniqlangan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi va “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida oʻquv seminari tashkil etildi

“Shargʻunkoʻmir”aksiyadorlik jamiyatda aniqlangan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi va “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida oʻquv seminari tashkil etildi

“Shargʻunkoʻmir”AJda 2025 yil 20 fevralda  Komplayens va korrupsiyaga qarsh kurash xizmati boshlig‘i Yillik deklaratsiyalar tahlili natijasida aniqlangan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan ishchi-xodimlarga, ishlab chiqilgan manfaatlar to‘qnashuvini minimallshtirish chora-tadbiriga asosan 2024 yil 18-noyabrdagi  №288 buyrugʻi asosida  qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom”, “Odob-axloq Kodeksi” talablarini bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan xolatlar toʻgʻrisida o‘quv seminari tashkil etib ishchi-xodimlarga  ushbu Siyosat , Nizom va Kodekslarning mohiyati va jamiyat ravnaqida tutgan oʻrni,  korxonada qabul qilingan hujjatlar tartib – qoidalar  ishchi-xodimlar orasida hamda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgani, ishchi-xodimlarining yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqligini taminlashda katta ahamiyat kasb etishi borasida tushunchakar berdi. Yigʻilish qatnashchilariga “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom” talablari hamda “Manfaatlar toʻqnashuvi” to‘g‘risidagi Qonun haqida batafsil maʻlumot berildi. “Odob-axloq Kodeksi”ga binoan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qaroriga alohida to‘xtalib o‘tilib  “Sharg’unko’mir”AJ xodimlarida kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda ularning axloq kodeksiga zid boʻlgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgani haqida batafsil tushuntirildi. Ishchi-xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.