• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

“Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

“Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida kombinatda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab, joriy yilning 10-noyabr kunidan 10-dekabr kuniga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

3-dekabr kuni  “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati  yuqori texnologik majmua binosida ommaviy axborot vositalari vakillari, maxalla fuqarolar yigʻini, xuquqni muxofaza qilish vakillari , Xoji Abdurauf ansori jome masjidi imom xatiblari hamda jamiyat ishchi-xodimlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Sariosiyo tumani IIB birinchi muovini podpolkovnik Raxmonqulov Baxtiyor Mamarajabovich,  Xoji Abdurauf Ansori masjidi imom xatibi Axliddin Nuriddinov, “Boysunobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Xursanov Botir Norqulovich, “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati Komplayns va korrupsiyaga qarshi kurash xizmati boshligʻi Xalilova Shaxnoza Obitjonovnalar tomonidan mavzuga oid maʼruzalar qilindi.

Bugungi kunda  “Shargʻunkoʻmir”aksiyadorlik jamiyati faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaviy harakatlarni oldini olish va bartaraf etishga katta eʼtibor qaratilayotganligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, olib borilayotgan ishlar, korrupsiya uchun javobgarlik masalalari, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mazkur yo‘nalishdagi xorijiy tajribalar atroflicha tushuntirildi.  Tadbir yakunida OAV vakillari , jamiyat ishchi-xodimlarining savollariga batafsil javoblar berildi.