“Shargʻunkoʻmir” Ajda Komplaens va korrupsiyaga qarshi kurash xizmati va u korrupsiyaga qay darajada barham bera oladi?
2020-2021 yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi («komplaens-nazorat») joriy etildi. Jumladan, Oʻzbekistonda koʻmir qazib oluvchi va etkazib beruvchi yirik va etakchi korxona – Shargʻunkoʻmir” AJda ham korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati (komplaens) tashkil etildi va oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Korrupsiya jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.Ushbu illatga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning tizimlilik tamoyiliga asoslangan holda amalga oshirilmoqda.
Endi korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimi nima degan, savolga kelsak. “Komplaens-nazorat” deganda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar va ularning xodimlari faoliyatidagi korrupsiyaviy faoliyat sohalarini aniqlash va bartaraf etishga, ularning faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standart va tavsiyalarga, milliy qonunchilik hujjatlariga va ichki meyyorlarga muvofiqligini nazorat qilish va ta’minlashga qaratilgan universal profilaktik tizim tushuniladi.
Komplaens nazorat tizimi ilk bor AQShda 1906 yilda vujudga keldi. Bunga zaruriyat mamlakat iqtisodiyotida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kompaniya va korporasiyalarning tashkil etilishi bilan bogʻliqdir.
Oʻzbekistonda Korrupsiyaga qarshi qonunchilikka komplaens nazorat tizimi amaliyotining kirib kelishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni bilan bogʻliqdir. 2021 yilning 6 iyulida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar oʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish, 2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar toʻqnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Yuqorida ta’kidlab oʻtilganidek, korrupsiya jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat boʻlib, ushbu illatga qarshi birgalikda kurarshi muhimdir. Shundan kelib chiqib, Siz «Shargʻunkoʻmir» aksiyadorlik jamiyatida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, +99 899 566 85 58 ishonch telefoniga yoki +99 894 511 85 58 telefon raqami orqali bevosita «Shargʻunkoʻmir» AJ komplaens va korrupsiyaga qarshi kurash xizmati boshligʻiga murojaat qilishingiz mumkin.
Har bir murojaat shaxsan “Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Shaxnoza Xalilova,“Shargʻunkoʻmir” AJ Komplaens va korrupsiyaga qarshi kurash xizmati boshligʻi