“Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktorining 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan bayram tabrigi
Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda sizlarni va sizlarning timsolingizda butun Oʻzbekiston xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklashni oʻzim uchun katta baxt deb hisoblayman.
Mana shu bayram kunlarida biz – yurtimizning keksayu yosh barcha-barcha erkak zoti, mard oʻgʻlonlari haqiqatan ham Yaratganning moʻjizasi boʻlmish ayol siymosi oldida, avvalambor, mehribon onalarimiz oldida bosh egib, taʼzim bajo keltiramiz.
Munis opa-singillarimiz, vafodor umr yoʻldoshlarimiz, dunyodagi eng chiroyli, latofatli qizlarimizni tabriklab, ularning shaʼniga samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmatimizni izhor etamiz, jajji qizaloq nabiralarimizni bagʻrimizga bosib, chin yurakdan qutlaymiz.
Ayollarni hozir hamma sohada uchratish mumkin, ustochilik, hisobchilik, payvandlovchi, mashina ustasi, nazoratchi va hokazo aytaversak uzoq gapirishga toʻgʻri keladi. Bundan koʻrinib turibdiki, ayollar, erkaklar bilan yelkama-yelka turib, tengma-teng ishlashlari mumkinligini bir isboti. Shunday ekan, qaysi sohaga boʻlishingizdan qatʼiy nazar, bamisoli bahor elchisi boʻlib kelayotgan, oʻzingizdek goʻzal va dilbar mana shu qutlugʻ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda boʻlsin!
Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin!