“Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori M.A.Azizkulovning O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan jamiyat ishchi va xizmatchilariga bayram tabrigi

 “Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori M.A.Azizkulovning O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan jamiyat ishchi va xizmatchilariga bayram tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram konchilar!

 Avvalo, siz azizlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Hech shubhasiz, barchamiz uchun eng ulugʻ va muqaddas boʻlgan bu bayram shukuhi oilalarimiz davrasida, qalblarimizda, yuraklarimizda davom etadi.
Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod boʻlgan taqdirdagina, oʻz hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega boʻladi. “Haq berilmas, haq olinur!” deb millat ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan ulugʻ ajdodlarimizning buyuk maqsadi ham shu edi.
Xalqimizning beqiyos jasorati va matonati bilan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Karimov boshchiligida qoʻlga kiritilgan davlat mustaqilligi ana shu asriy orzuimizni amalda taʼminlagan olamshumul voqeadir.
Biz qanday tahlikali va suronli davrlarni boshimizdan kechirmaylik, qanday yutuq va natijalarga erishgan boʻlmaylik, mustaqillik gʻoyasi, istiqlol ruhi bizga doimo togʻdek tayanch boʻlmoqda.
Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki, donishmand xalqimizning uzoqni koʻra olishi, birdamligi va fidoyi mehnati bilan barcha sinovlardan munosib oʻtib kelmoqdamiz.
Shu nuqtai nazardan, bizning insoniy qadr-qimmatimizni, gʻurur va shaʼnimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni Vatanimizning shonli tarixida hamisha eng yorqin sahifa boʻlib qoladi.
Muhtaram yurtboshimiz tashabbusi ila “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofidir.

Aziz va muhtaram konchilar!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor boʻlsin!
Farzandlar, nabiralar kamolini koʻrib yurish hammamizga nasib etsin!
Goʻzal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon boʻlsin!
Mehnatkash va olijanob, bagʻrikeng konchilarimiz doimo sogʻ-omon boʻlsin!
Yaratganning oʻzi barchamizni panohida asrasin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

M.A.Azizkulov
“Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori