
“Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktorining «Ramazon hayiti» (Iyd-al-Fitr) bayrami munosabati bilan bayram tabrigi
Sizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Ushbu bayram yurtimizda Prezidentimiz boshchiligida inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni rozi qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang ekani bilan ham e’tiborlidir.
Betakror qadriyatlarimiz, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, hamjihatlik, sabru qanoat singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Ramazon hayiti xalqimizni yanada jipslashtiruvchi katta ma’naviy kuch hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor tabriklaymiz.
“Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati
bosh direktori – M.A.Azizkulov.