110 ko'rishlar

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

16 noyabr kuni “Sharg’unko’mir” AJ boshqaruv apparati xonasida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi. Unda korxona bosh direktori X.N. Abdullayev va Yoshlar yetakchisi B.H.Qurbonov tomonidan jamiyatdagi yosh ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularni hal qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek yoshlarning yangi innovatsion g’oya va ratsionalizatorlik takliflari o’rganildi va amalga oshirish bo’yicha tegishlilarga ko’rsatmalar berildi.