«Qurilish sohasi xodimlari kuni» munosabati bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi…
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-avgustdagi PF-5136-sonli farmoniga asosan avgustning ikkinchi yakshanbasi «qurilish sohasi xodimlari kuni» etib belgilangan. Shu munosabat bilan «Sharg’unko’mir» AJ, «Sharg’unko’mir» AJ kasaba uyushma qo’mitasi va «Sharg’un temir yo’l maxsus qurilish» MCHJ direktori bilan kelishgan holda 6 avgust 2021 yil «Sharg’un temir yo’l maxsus qurilish» MCHJ ishchi-xodimlaridan eng faollarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Birinchi navbatda «Sharg’unko’mir» AJ bosh direktori Xamza Nayimovich Abdullayev so’zga chiqib, «qurilish sohasi xodimlari kuni» bilan barchani tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tiladi.
Shundan so’ng «Sharg’un temir yo’l maxsus qurilish» MCHJ ishchi-xodimlari Kokilov Alisher Toshpo’latovich, Umarov G’olibjon Yo’ldoshovich, Boymatov Sirojiddin Fayzullayevich, Turdiyev Abdumannon Abdusalomovich, To’rayev Shoxruh Abduqaxxor o’g’li, Muhammadiyev Ne’matullo Ziyodullayevichlarga «Sharg’unko’mir» AJ kasaba uyushma qo’mitasi va «Sharg’un temir yo’l maxsus qurilish» MCHJ tomonidan esdalik sovg’alar berildi. «Sharg’unko’mir» AJ kasaba uyushma qo’mitasi raisi Mansur Xamroqulovich Danayev, «Sharg’un temir yo’l maxsus qurilish» MCHJ direktori Nasriddin Sapparovich Abduraximov, «Sharg’un temir yo’l maxsus qurilish» MCHJ ustasi Tolib Ramazonovich Toshqulovlar so’zga chiqib, tilaklar bildirishdi.