
Qanday qilib korporativ firibgarlarsiz biznes yuritish mumkin
Bugungi biznes muxitida korporativ firibgarlik xavfli xatto yuqori darajadagi ichki nazoratga ega boʻlgan kompaniyalar uchun xam tobora real boʻlib bormoqda. Ammo biznes jarayonlarni ichki firibgarlik extimolini minimallashtiradigan tarzda tuzish mukinmi? Javob-xa. Asosiysi tizimli yondashuv.
1. Ishonmang — tekshiring: ichki nazorat madaniyati.
Boshqaruvchilarning asosiy xatolaridan biri —“ishonchli” xodimlarga xaddan ziyod ishonish. Statistika ACFE (Sertifikatlangan firibarlik tekshiruvchilari uyushmasi – Association of Certified Fraud Examiners) koʻrsatmoqda: aniqlangan firibgarlik xolatlarining 65% foizidan ortigʻi kompaniyada uch yildan ortiq ishlagan xodimlar tomonidan sodir etilgan.
Nima qilsa boʻladi?
• Xatto kompaniyaning “eski xodimlari” uchun xam tizimli tekshiruvlarni amalga oshiring.
• Muntazam ichki va tashqi auditlar oʻtqazing.
• Nazorat va ijro funksiyalarini ajrating.
2. Qora qutilar”siz biznes: jarayonning shaffofligi
Biznesning xar bir jarayoni shaffof boʻlishi lozim: sotib olishdan sotish va xisob-kitoblarga qadar. Aniqlik boʻlmagan joyda, suiste’mollik vasvasasi paydo boʻladi.
Nima qilmoq joiz?
• Barcha operasiyalarni xujjalashtiring va elektron shaklda saqlang.
• Muhim jarayonlarda qoʻlda ta’sirni bartaraf etadigan avtomatlashtirishdan foydalaning.
•Koʻrsatkichlardagi ogʻishlarni muntazam ravishda tahlil qiling-nostandart boʻlgan joyda xavf mavjud boʻladi.
3. Ishga qabul qilishdan oldin firibgarlikga qarshi tekshiruv oʻtkazish.
Xavflar xodim ish boshlashidan oldin xam boshlanadi. Ishga qabul qilishda extiyotkorlikni e’tiborsiz qoldirish — kelajakdagi muammolar uchun ochiq eshikdir.
Nima qilsa boʻladi?
• Tekshiruv oʻtkazing: ma’lumoti, tajribasi, obroʻsi.
• Sudlanganlik, qarzdorlik va yomon niyat belgilariga etibor bering.
• Kompaniyangiz siyosatiga nomzodlarni tekshirishning majburiy qoidalarni kiriting.
4.Kompaniya boshligʻining shaxsiy javobgarligi.
Nazorat uchun kim javobgar? Agar “xech kim”boʻlsa, nazorat nominal boʻladi.
Nima qilish zarur?
•Har bir boʻlimda risklarni boshqarish boʻyicha mas’ulni tayinlang.
• Lavozim yoʻriqnomalarida ularning vazifalari va mas’uliyatini koʻrsating.
• Firibgarlikning oldini olish maqsadida KPI oʻrnating.
5. Tolerantlik siyosati.
Intizomning kichik buzilishi ham e’tiborsiz qolishi mumkin emas. Aks xolda yumshoqlik madaniyati yolgʻon gapirish madaniyatiga aylanadi.
Nima qilmoq joiz?
• Barcha xodisalarni yozib oling va oʻrganing.
• Tartibbuzarlikga mutanosib choralarni qoʻllang.
• Etika va firibgarlikning oldini olish uchun muntazam ravishda treninglar oʻtkazing.
Xulosa:
Korporativ firibgarlarsiz biznes orzu emas, balki puxta oʻylangan ish natijasidir. Agar siz shaffoflik va shaxsiy javobgarlik tizimini yaratsangiz , sizning kompaniyangiz nafaqat yoʻqotishlarning oldini oladi, balki raqobatchilar oldida oʻzincing investisiyaviy jozibadorligini sezilarli darajada oshiradi.
Moliyaviy halollik — bugungi kunda bu nafaqat standart, balki raqobatdosh ustunlikdir.