Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha “Sharg’unko’mir” AJda amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi

Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha “Sharg’unko’mir” AJda amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2024 yil 4 oktyabr kuni Transport prokuraturasi tomonidan “Sharg’unko’mir” AJda amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

Transport prokurori I.Sh.Narimov boshchiligidagi jarayonda “Sharg’unko’mir” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeli, Transport ichki ishlar departamenti va boshqa mutasaddi mas’ul xodimlar ishtirokida mavjud muammolar o’rganilib, kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isini aholi va budjet tashkilotlariga o‘z vaqtida, to‘liq, sifatli yetkazib berish choralari ko‘rildi. 

Shuningdek, vagonlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, ko‘mir ortilgan bekor turib qolmasligini oldini olish, vagonlar harakatini jadallashtirish uchun qo‘shimcha lokomotiv (elektrovoz)lar jalb etish hamda xavfsizlikni ta’minlash va talon-toroj holatlariga chek qo‘yishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Yangiliklarni telegram sahifamizdan kuzatib boring!

t.me/sharguncoal