• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari va uning huquqiy asoslari

Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari va uning huquqiy asoslari

  • 2008 yilda BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga
  • 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Istambul harakatlar rejasiga qoʻshildi.
  • 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.
  • 2020 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

2017 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirsh uchun Bosh prokuror rahbarligida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralaro komissiyasi va uning va uning xududiy idoralaro komissiyalari tashkil etilgan.

2020 yilda ushbu komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etildi.

Bugungi kunda Milliy kengash raisi Oliy Majlis Senati raisi hisoblanadi.

  • 2017-2018 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturi (02.02.2017 yil, PQ-2752-son)
  • 2019-2020 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturi (27.05.2019 yil, PF-5729-son)
  • 2021-2022 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturi (06.07.2021 yil, PF-6257-son)
  • 2023-2024 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi (27.11.2023 yil, PF-200-son)
  • Korrupsiya-shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish
  • Manfaatlar toʻqnashuvi-shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir koʻrsatayotgan yoxud ta’sir koʻrsatishi mukin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mukin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat.
  • korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yoʻnalishlari
  • vakolatli organlar tizimi
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtiroki
  • huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish
  • davlat boshqaruvi va hususiy sektorda korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
  • manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoʻyish, javobgarlikning muqarrarligi
  • ilmiy va boshqa tadqiqotlar oʻtkazish
  • xalqaro hamkorlik mexanizmlari
  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartarf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarraligi prinsiplarini ta’minlash
  • Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
  • Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
  • Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar
  • Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
  • Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
  • Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
  • Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida, ishga qabul qilish yoki ishdan boʻshatmaslik, ish stavkasi va dars soatlarini koʻpaytirib berish, maktabga oʻqishga qabul qilish va xodimlarga mukofot puli ajratib berish evaziga sodir boʻlmoqda.
  • Sogʻliqni saqlash tizimida, nogironlikni belgilash, jarrohlik amaliyotini amalga oshirish, tibbiy ekspertiza xulosasini ijobiy tarzda berish, ishga qabul qilish, aniqlangan qonun buzilishiga nisbatan chora koʻrmaslik kabi holatlarda yoʻl qoʻyilmoqda.
  • Elektr va gaz ta’minoti korxonalarida esa, gaz va elektr tarmoqlariga  oʻzboshimchalik bilan ulanishga nisbatan qonuniy chora koʻrmaslik, qarzdorlikni kamaytirish yoki yoʻq qilish, tarmoqga ulanish va texnik shart berish kabi holatlarda yuzaga kelmoqda.
  • Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar
  • Davlat xaridlari va autsorsingni amalga oshirish
  • Subsidiya mablagʻlari olish va sarflanishi
  • Ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash
  • Ishga qabul qilish yoki ishdan boʻshatmaslik
  • Ruxsatnoma va boshqa faoliyatni amalga oshirishga rozilik berish
  • Tovarlarni qimmat narxlarda xarid qilish;
  • Tender va tanlovlarsiz, yani qonunga xilof ravishda tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xarid qilish;
  • Ma’lumotlarni portalga toʻliq kiritmaganlik, tanlov va tender oʻtkazish talablarini buzish;
  • Buyurtmachilarning oʻzi yoki yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi korxonalarning xaridlarida ishtirok etishi, manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar bermaslik, ma’lumotlarni yashirirsh yoki yolgʻon axborot taqdim qilish.