
Monopoliya haqida nimalarni bilamiz?
Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik, bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. Monopoliya koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorga tanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. Monopoliya oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar monopoliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. Monopoliyaning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud bo’lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun’iy monopoliya 4.Oligopoliya 5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya.
Legal monopoliya bu o`zining mahsulotiga egalik qilish va sotish huquqini olgan monopoliya. Ko`pgina hollarda davlat fan va texnikadagi ishlarni rag`batlantirish uchun ongli ravishda kashfiyot egalariga monopol huquqlarni beradi. Legal monopoliyalar cheklangan vaqt davomida
Tabiiy monopoliya– bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga boʻlgan talabni krndirishda rakrbatli sharoitlarni yaratish texnologik xususiyatlarga koʻra mumkin boʻlmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul boʻlmaydigan holat. Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi.
Sun’iy monopoiliya — monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o’zgartiradi,ya’ni: — bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli to’siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); — ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi; — ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi;
Oligopoliya —bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma) larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi. Oligopoliya uchun bozorda bir necha sotuvchining boʻlishi xos, ammo umumiy bozor sav-dosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta boʻlganidan, har bir sotuvchi oʻzi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi bilan narxlarda ham oʻzgarishlar yuz beradi. Firmalarning uncha koʻp boʻlmasligi yashirincha kelishishlarga qulaylik tugʻdiradi. Bu esa, oʻz navbatida, ularga nar-xlarni belgilash, bozorni boʻlish yoki taqsimlash va boshqacha yoʻllar bilan oʻzaro raqobatni cheklashda qoʻl keladi. Yashirincha kelishishning bir qator shakllari bor. Monopoliya kabi Oligopoliya ham nomukammal raqobat koʻrinishi hisoblanadi.
Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi.Sof monopoliya – bu bitta sotuvchi va koʻp haridorlar qatnashgan bozor, yoki oʻrnini bosadigan tovar boʻlmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bulgan bozor vaziyati .
Sof monopoliya-tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish xavjmini belgilashdagi yakka xukmronlik holati.