• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 Mehnat xavfsizligi o`quv-taktik mashg`ulotlari

Mehnat xavfsizligi o`quv-taktik mashg`ulotlari

Ma’lumki joriy yilning 1 aprel kunidan 1 may kunigacha Respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”  o`tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida joylarda favqulodda vaziyatlar yuz berganda ish joylarida va aholi o`rtasida xavfsizlik chora-tadbirlarini ko`rish, jabrlanganlarga dastlabki yordam ko`rsatish va shu kabi shoshilinch harakatlarni amalga oshirish bo`yicha qator o`quv-mashg`uloti tadbirlari o`tkazilmoqda.

Avval xabar qilganimizdek Joriy yilning 31 mart sanasida 1 – Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va “Sharg`unko`mir” AJ o`rtasida Harbiylashtirilgan kon–qutqaruv Shtabining 2026-yil 21-yanvardagi 10–sonli buyrug`iga asosan kelishilgan rejaga muvofiq maxsus taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi.

Sariosiyo tumanining markaziy davriy nashri bo`lgan “SARIOSIYo” gazetasining 2026 yil 3-apreldagi sonida ushbu tadbir to`g`risdagi “Mehnat xavfsizligi o`quv-taktik mashg`ulotlari” nomli maqolasi chop etildi.

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi viloyatimiz aholisi va barcha tashkilotlarini yurtimiz bo`ylab o`tkazilayotgan ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga, o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlari, targ`ibot ishlari va profilaktik tadbirlarida qatnashishga chaqiradi. Har bir fuqarodan xavfsizlik qoidalariga amal qilish, ogohlikni oshirish va o`z yaqinlari hamda atrofdagilar xavfsizligiga befarq bo`lmaslik so`raladi.