“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 23-iyul kuni “Sharg’unko’mir” AJ xodimlariga “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora – tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablarini yetkazish maqsadida seminar oʻtkazildi.

Tadbirda “Sharg’unko’mir” АJ boshqaruv apparati rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Uni “Sharg’unko’mir” АJ bosh direktori M.A.Azizkulov boshqarib, mazkur Qonunning mazmun – mohiyati toʻgʻrisida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, jamiyatning Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratidan Sh.O.Xalilova o‘z taqdimotida manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi va turlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida davlat tashkiloti xodimiga belgilangan cheklovlar hamda Odob – axloq komissiyasining va davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari toʻgʻrisida batafsil tushuntirib berdi.

Tadbir yakunida mavzu doirasida fikr – mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Quyida tadbirdan olingan fotolavhalar bilan tanishshingiz mumkin