Joriy yilning oktyabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari X.N.Xasilov Surxondaryo viloyatidagi «Sharg‘unko‘mir» AJ ga tashrif buyurdi.
724 ko'rishlar

Joriy yilning oktyabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari X.N.Xasilov Surxondaryo viloyatidagi «Sharg‘unko‘mir» AJ ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PQ-2727–sonli qarori asosida olib borilayotgan “«Sharg‘unko‘mir» AJni modernizatsiya qilish” investitsiyaviy loyihaning amalga oshirilishi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida X.N.Xasilov tomonidan tegishli mutasaddi rahbar xodimlarga ish sharoitlarini yaxshilash, “«Sharg‘unko‘mir» AJni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini joriy etish bo‘yicha mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etib, qisqa fursatda ishga tushirish, ko‘mir qazib chiqarish hajmini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.