2024 yil yanvar-dekabr oylari davomida “Shargʻunkoʻmir” AJga kelib
tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
asosida tayyorlangan tahliliy
MA’LUMOT
Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-445-sonli Qonuni ushbu yoʻnalishning samaradorligini va ijro sifatini tubdan yaxshiladi. Bu borada oʻz ish faoliyatlarini olib borayotgan barcha vazirlik va idoralar rahbarlarining virtual qabulxonalari qatorida “Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktorning virtual qabulxonasi ham oʻz ish faoliyatini olib bormoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslar kombinatning rasmiy www.sharguncoal.uz veb-saytida maxsus keltirilgan shaklni toʻldirib, oʻzlarining savollari, arizalari va shikoyatlari, shuningdek metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar bilan bevosita jamiyat bosh direktoriga murojaat qilishlari mumkin.
Jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha boʻlim tashkil etilgan boʻlib, kelib tushgan murojaatlar muntazam ravishda ishchi guruh yigʻilishlarida muhokama etilib oʻz echimini topmoqda.
Jamiyat xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqatni tashkil etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda sifat jixatidan yangi va samarali tizim faoliyatini ta’minlash yuzasidan barcha tarkibiy boʻlinmalarda belgilangan tartibda boʻlim boshliqlarining qabul kunlari tashkil etilgan.
2024 yil yanvar-dekabr oylari davomida kombinatga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 90 ta murojaat kelib tushgan.
Shulardan 54 tasi yozma murojaat, 6 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, 9 tasi elektron pochta, 21 tasi ogʻzaki murojaatlar shaklida roʻyxatga olingan.
Ularda koʻtarilgan masalalarning tahliliga koʻra ishga kirish masalasi boʻyicha 11 ta, moddiy yordam masalasi boʻyicha 17 ta, hamkorlik va xaridlarga oid 47 ta hamda boshqa masalalar boʻyicha 15 ta murojaatlar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlardan 64 tasi qanoatlantirilgan, 26 tasiga huquqiy asoslantirilgan tushuntirishlar berilgan.