140 ko'rishlar

ICHKI AUDIT XIZMATIGA XODIMLARNI YOLLASH UCHUN TANLOV

ICHKI AUDIT XIZMATIGA XODIMLARNI YOLLASh UCHUN TANLOV

AUDITORLAR DIQQATIGA!!!

“Sharg‘unko‘mir”AJ ichki audit xizmatiga xodimlarni yollash uchun tanlov e’lon qiladi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

– oxirgi o‘n yilning kamida besh yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) ish staji;

– ichki auditor sertifikati;

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot.

Tanlovda qatnashish uchun hujjatlarni 2022 yil 26 martdan kechiktirmay quyidagi manzilda joylashgan “Sharg‘unko‘mir” AJ boshqaruv apparati binosidagi xodimlar bilan ishlash bo‘limiga taqdim etishi shart.

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharg‘un shahri, Akmal Ikromov ko‘chasi 50 uy. Murojaat uchun telefon: (+99 899) 377 22 05