“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” davom etmoqda
“Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida o`quv-seminari o`tkazildi.



Seminarda so`z olganlar, so`nggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir bo`layotgan kuchli zilzilalar va yer plitalarining tektonik siljishlari oqibatida yuzaga kelayotgan turli xil talafotlar, mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga bu kabi o`tkazilayotgan tadbirlarning ahamiyatiga to`xtalib o`tdilar.
Ta’kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2023 yil 16 maydagi PQ-158-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri – Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika kengashi raisining 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoniga asosan, har yili ikki marotaba respublikaning barcha hududlarida aholi ishtirokida zilzila bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo`yicha “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish belgilangan.
Mazkur haftalik doirasida 20-oktyabrdan 27-oktyabrgacha “Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida tegishli uchastka va bo`lim raxbarlari tomonidan aholining zilzila bo`yicha xabardorligini oshirish yuzasidan o`quvlar va targ`ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bugun“Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida o`tkazilgan o`quv seminarida Surxondaryo viloyat Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i kapitan A.A.Bozorov tomonidan zilzilada to`g`ri harakatlanish bo`yicha tadbir ishtirokchilariga aholini zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan so`ng harakat qilish qoidalariga o`rgatish va ularning tayyorgarligini oshirish bo`yicha ishlab chiqilgan maxsus videoroliklar ko`rsatildi




Shuningdek o`quv seminar davomida zilzila yuz berganda binolardan chiqish vaqtida to`g`ri harakatlanish, yong`in hodisasi ro`y berganda o`t o`chirgichlardan foydalanish bo`yicha o`quv mashg`ulotlari ham o`tkazildi.





Mamlakatimiz bo’ylab “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.
“Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati