Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi «O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risila»gi PQ-3578-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Davgeolqo’m huzurida foydali qazilmalarning zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasi tashkil qilindi, uni tarkibi tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Davgeolqo’m qoshidagi foydali qazilmalarning zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasini (bundan keyin – DZK) asosiy vazifalari belgilab berildi:

-oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini to’liq va kompleks qazib olishning talablariga mos keluvchi foydali qazilmalar zaxiralarini aniq hisoblash uchun kondisiyalarni tasdiqlash;

-respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishni ta’minlovchi barcha turdagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash;

-geologik materiallarning Davlat ekspertizasini o’tkazish;

-foydali qazilmalarni tasniflash va zaxiralarini hisoblash, ularni geologik-iqtisodiy baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul printsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni amalga oshirish.

DZKga yuklatilgan asosiy vazifalar doirasida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 maydagi 388-sonli «O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi qoshidagi foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasi to’g’risida» Nizomi tasdiqlandi. DZKning ishchi organi sifatida Davgeolqo’m tarkibida foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha bo’lim belgilandi.

DZKni to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun 28.05.2018 yildagi 1-sonli bayonnoma bilan, kelib tushuvchi geologik materiallarni qabul qilish, ko’rib chiqish va ekspertizasini tartibga soluvchi hujjatlar tasdiqlangan:

O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi qoshidagi foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiluvchi geologik materiallarni ko’rib chiqish uchun to’lovlarning o’lchamlari va undirish tartibi haqida Nizom;

O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi qoshidagi foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiluvchi geologik materiallarning ekspertizasini o’tkazish tartibi haqida Nizom;

Bundan tashqari umumiy 59 ta nafar , shu jumladan qattiq foydali qazilmalar bo’yicha -30 ta, neft va gaz bo’yicha -13 ta va gidrogeologik va muxandislik geologiyasi bo’yicha -16 ta mutaxassislarning takliflarini inobatga olgan holda shakllantirilgan, turli tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari jumlasidan DZKning ekspertlari tarkibi tasdiqlandi.

2019-yilda 287 ta turli xil foydali qazilma zaxiralari konlari tasdiqlandi, shu jumladan 8 ta oltin rudasi, 1 ta uran, 7 ta uglevodorod, 12 ta er osti suvlari, 29 ta tsement xom ashyosi, 27 ta qurilish toshi, 6 ta tuz, 36 g’isht xom ashyosi, 126 ta qum-shag’al aralashmasi va 35 ta har xil noruda xom ashyosi konlari.

2020-yilda 01.09.2020 yil xolatiga ko’ra 153 ta turli xil foydali qazilma zaxiralari konlari tasdiqlandi, shu jumladan 1ta oltin rudasi, 1 ta mis, 13 ta tsement xom ashyosi, 27 ta qurilish toshi, 1 ta tuz, 29 ta g’isht xom ashyosi, 63 ta qum-shag’al aralashmasi va 18 ta har xil noruda xom ashyo konlari.