Shavkat Mirziyoyev Sariosiyo tumanidagi Sharg’un ko’mir konida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Sharg’un ko’miri sifatining yuqoriligi, zahirasi ko’pligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bugungi kunda bu yerda 2017-2020 yillarga mo’ljallangan 105,5 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Xitoy bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha natijasida 2021 yildan boshlab bir yilda 900 ming tonna toshko’mir qazib olinadi. 600 ta ish o’rni yaratiladi. «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining Angren va Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyalari, sement zavodlari, aholi va boshqa iste’molchilarga toshko’mir yetkazib berish ko’payadi.