«Yashil makon» umumilliy loyihasi doirasidagi ishlar keng ko’lamda davom etmoqda
«O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruv raisining 2022 yil 18 oktyabr kunidagi «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2022 yil 4 oktyabrda o’tkazilgan 224-son yig’ilish bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risida»gi 984-H-sonli buyrug’ining 2-bandiga asosan korxona hududida iqlim sharoitiga mos qalamchalar ekish uchun pitomniklar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu topshiriq rejasiga asosan «Sharg’unko’mir» AJ tomonidan 30 ming dona qalamchalar ekishi rejalashtirilgan.
Mazkur topshiriq doirasida shu kunlarda «Sharg’unko’mir» AJ rahbariyati va ishchi-xodimlari bilan birgalikda «Yashil makon» umumilliy loyiha yuzasidan Yangi texnologik majmua 10 shtolnya hududida ko’chat va qakamchalar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
«Sharg’unko’mir» AJ rahbariyati va ishchi-xodimlari tomonidan shu kungacha 20 ming tupdan ortiq ko’chatlar ekildi.
Hududimizning iqlim sharoitiga mos ko’chatlar ekish jaroyoni hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Quyida jamiyat rahbariyati va ishchi-xodimlarining birgalikda ko’chatlar hamda qalamchalar ekishi jaroyonidan olingan fotolavhalar havola etilmoqda.