• shargunkomir@railway.uz
  • +998 94 511 85 58
  • Davlat ramzlari Davlat ramzlari
  • Dush-Juma, 09:00 - 18:00
  • Sayt xaritasi Sayt xaritasi
Close
Close

Sharg‘unko‘mir Aksiyadorlik Jamiyatida “Konchilar kuni” keng nishonlandi

Bugun “Sharg‘unko‘mir” AJda “Temiryo‘lchilar kuni ” va “Konchilar kuni” hamda Mustaqillik bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Barchani bir dasturxon atrofida birlashtirgan bayram tadbirini “Sharg‘unko‘mir” AJ bosh direktori X.N.Abdullayev ochib berib konchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng Sariosiyo tuman hokimi Xujaqulov Abdisalom Pardayevich so‘zga chiqib ishchi-xodimlarni kasb bayrami bilan tabriklagan holda konchilarga tuman hokimiligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Bayram munosabati bilan “Sharg‘unko‘mir” ishchi-xodimlariga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan taqdim etilgan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar o‘z egalariga yetkazildi, bundan tashqari ishchi-xodimlarga “Sharg‘unko‘mir” AJ bosh direktori va “Sharg‘unko‘mir” AJ kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Bayram munosabati bilan ishchi xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha hududlararo sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 1-o‘rinni “Boshqaruv apparati”, 2-o‘rinni “1-sonli yer ostida ko‘mir qazib olish” uchastkasi, 3-o‘rinni Direksiya filiali ishchi-xodimlari qo‘lga kiritdi. Bayramdan so‘ng sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa ham tashkillashtirildi.

Related Posts