Bugun ishchi-xodimlar qatori “Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori ham koronavirusga qarshi vaksina oldi…
Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. To’rt oydan oshiq davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari yurtimizda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi. Shu sababli “Sharg’unko’mir” AJ boshqaruv apparati xodimlari va boshqa ishchi-texnik xodimlar vaksina olishda aktiv ishtirok etishmoqda.
“Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori – X.N. Abdullayev emlanishdan so‘ng o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qildi…