“Sharg`unko`mir” AJda maxsus taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi
Joriy yilning 31 mart sanasida 1–Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va “Sharg`unko`mir” AJ o`rtasida , Harbiylashtirilgan kon – qutqaruv Shtabining 2026 – yil 21- yanvardagi 10–sonli buyrug`iga asosan kelishilgan rejaga muvofiq maxsus taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi.
Mashg`ulotda 1–AHKQ Vzvodi shaxsiy tarkibi , “ Shargunko`mir ” AJ, “Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar” bo`limi boshlig`i – Fuqaro muhofazasi bo`yicha mas’ul xodimi X.A.Toshqulov , Tog`-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi inspektori Sh.Q.Xoliqov, “Sharg`unko`mir” AJ Bosh muhandisi M.R.Pardayev va texnika xavfsizligi xodimlari qartnashishdi.
Mashg`ulot o`tkazishdan maqsad Vzvod shaxsiy tarkibi tomonidan tog`-kon ishlarini tashkil etish va boshqarish bo`yicha ko`nikmalar, qutqaruv ishlari va uning kasbiy sifatlarini oshirish, ”XKKK nizomi”ga asosan qoidalarning o`zlashtirilganini tekshirish, ko`mir konlarida qutqaruv ishlarini tashkil etish va o`tkazish davomida muhandislik hisob-kitoblarini bajarish va ular tomonidan olingan ko`nikmalarni jamoaviy o`rganish, qutqaruv ishlari va uning kasbiy sifatlarini oshirish, bo`linmalarining va qo`llab quvvatlash xizmatlarining tayyorlik darajasini aniqlash va «XKKK nizomi” ga muvofiq belgilangan tezkor vazifalarni bajarishdan iborat qilib belgilandi.
O`quv taktik–texnik mashg`ulotida “Sharg`unko`mir” AJ konlarida – taxminan kiska tutashuv natijasida yong`in sodir bo`lgan holati va avariya joyida bir nafar ishchi kolganligi holati ko`rsatilib, yong`in sodir bo`lgan ob’yektida shuningdek, ro`y berishi mumkin bo`lgan boshqa jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatish hamda toza havoga chiqarib , tibbiyot xodimlariga topshirish bo`yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
Mashg`ulotning o`tkazilish tartibi 1–Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va “Sharg`unko`mir” AJ o`rtasida ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirildi. Shuningdek, o`quv mashg`ulotining yakunida yuz berishi mumkin bo`lgan ko`ngilsizliklar , texnogen vaziyatlar va avariyalarni oldini olish to`g`risida amalga oshirilagan chora–tadbirlar bo`yicha ko`rsatmalar berildi.
Quyida tadbir jarayonidan olingan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.

















“Sharg`unko`mir” AJ matbuot xizmati va Fuqaro muhofazasi xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi