789 ko'rishlar

9 may – Xotira va qadrlash kuni

7 may kuni “Sharg’unko’mir” AJ ma’naviyat xonasida “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan afg’on urushi qatnashchilari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini “Sharg’unko’mir” AJ bosh muhandisi – Sh.J.Surxonov kirish so’zi bilan ochib, yig’ilish qatnashchilari va afg’on urushi qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi.
“Sharg’unko’mir” AJ kasaba uyushma qo’mitasi raisi – M.X.Danayev tabrik so’zi aytib, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tiladi. “Sharg’unko’mir” AJ yoshlar yetakchisi – B.X.Qurbonov yig’ilish qatnashchilariga II-jaxon urushi va afg’on urushi boshlanib tugaguniga qadar bo’lib o’tgan voqealar to’g’risida va bu urushlarda O’zbekistonning roli haqida ma’lumot o’qidi.
Shundan so’ng afg’on urushi aks etgan videolavha tadbir ishtirokchilariga qo’yib ko’rsatildi.
Tadbir davomida afg’on urushi qatnashchilari o’zlari qatnashgan urush kechinmalari to’g’risida gapirib o’tdilar. Afg’on urushi qatnashchilari tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. Tadbir juda ham qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.
Tadbir so’ngida “Sharg’unko’mir” AJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.