
28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”
Ma’lumki, Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan boshlab 28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilinib, ushbu kunda ish joylarida sodir bo`layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi.
Sana munosabati bilan dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatining ish joylarida sodir bo`layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o`tkazilishi tashkillanmoqda. O`tkazilayotgan tadbirlardan ko`zlangan maqsad – jamoat va davlat idoralari e’tiborini ishdagi avariyalar va kasb kasalliklari bilan bog`liq muammolarga, mehnat xavfsizligiga va ishda jarohatlangan yoki halok bo`lgan insonlar taqdiriga qaratishga mo`ljallangan.
Xususan, joriy yilning 30 aprel kuni “28 aprel–Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag`ishlangan “Xodimning mehnat muhofazasi sohasidagi hayoti va sog`ligi ustuvor yo`nalishda” mavzusida Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog`-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Janubiy mintaqaviy boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Q.Xoliqov hamda Surxondaryo viloyati Kambag`allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha davlat texnik inspektori Q.I.Komilovlar bilan birgalikda “Sharg`unko`mir” AJning yuqori texnologik majmuasida joylashgan “Majlislar zalida” 60 nafardan ortiq muhandis texnik va ishchi xodimlar o`rtasida davra suhbati bo`lib o`tdi. Davra suhbatida Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi to`g`risidagi qonuni va qonun osti xujjatlari to`g`risida yig`ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi, ularning bilim va ko`nikmalari oshirildi, shuningdek yangi tahrirdagi mehnat kodeksi haqida, unga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartirishlar borasida tushunchalar berilib ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga qonun doirasida javoblar qaytarildi.
Quyida tadbirdan olingan ayrim fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin





