Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan qator farmonlari, amaliy dasturlari va ko’rsatmalarining ijrosiga muvofiq, mamlakatimizda eksport xizmatlarining keng turlari amalga oshirilmoqda.
Shu kunlarda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Pokiston Respublikasiga “Sharg’unko’mir” AJ va “Boysunko’mir” MCHJ korhonalarida qazib olingan 300 tonna ko’mirni «eksperimental» jo’natish loyihasi amalga oshirildi. Yuklarning birinchi partiyasi Darband temir yo’l stansiyasidan (Surxondaryo viloyati) jo’natildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2018 yildan hozirgi kungacha “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Hususan, har yili ko’mir qazib olish hajmining o’sishi kuzatilmoqda, yer osti qazib olish jarayonining o’zi jadallashmoqda. Surxondaryo viloyatining ijtimoiy muhiti yahshilanmoqda va “Sharg’unko’mir” AJ respublika ko’mir sanoatining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Hozirgi kunda korxona SSKOM, SSSSHMO, SSSSH va TR markali yuqori kaloriyali ko’mir ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, qazib chiqarilayotgan toshko’mir mahsulotlarini yaqin kelajakda Pokiston, Afg’oniston va Eron Islom Respublikalariga eksport qilish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.