Jamiyatning Nizom jamg’armasi va uning tarkibiy strukturasi

Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi.

Jamiyat Ustav fondining miqdori 2 229 599 000 (ikki milliard ikki yuz yigirma to’qqiz million besh yuz to’qson to’qqiz ming) so’mni tashkil qilib, har bir aksiyaning nominal qiymati 1000 (bir ming) so’m bo’lgan 2 229 599 (ikki million ikki yuz yigirma to’qqiz ming besh yuz to’qson to’qqiz)  dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyaga bo’lingan.

Bir dona aksiyaning nominal qiymati 1000 (Bir ming)  so’m.

 Aksiyadorlik jamiyatida chet el investorlari ulushlari mavjud emas. Oxirgi 3 yil davomida  jamiyat tomonidan dvidendlar to’lanmagan.

“Sharg`unko`mir” AJ aksiyadorlarining 26.09.2025 yil holatidagi Reyestriga asosan “Sharg`unko`mir” AJda aksiyalar taqsimoti quyidagicha:

1). 99,55 % (foiz) – 2 219 613 dona nominal qiymati 1 000 (bir ming) so`m bo`lgan oddiy aksiya O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ulushi hisoblanadi.

2). 0,05 % (foiz) – 1 151 dona nominal qiymati 1 000 (bir ming) so`m bo`lgan oddiy aksiya Sariosiyo tuman “Bozor – M” KK-ning ulushi hisoblanadi.

3). 0,4 % (foiz) – 8 835 dona nominal qiymati 1 000 (bir ming) so`m bo`lgan oddiy aksiya “Sharg`unko`mir” aktsiyadorlik jamiyatining 222 tadan iborat bo`lgan ishchi va xodimlarining ulushi hisoblanadi.

Jami aksiyalar soni – 2 229 599 dona.