Tarjimai hol

  • 1987-yil Surhondaryo viloyati, Boysun tumanida tug’ilgan.
  • 27.09.2010-03.11.2010 yy. – Termiz lokomotiv deposida operator.
  • 03.11.2010-08.02.2011 yy. – Termiz lokomotiv deposida rejalashtirish bo’yicha muhandis.
  • 08.02.2011-19.10.2011 yy. – Termiz lokomotiv deposida yetakchi iqtisodchi.
  • 19.10.2011-09.10.2019 yy. – Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeli Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish bo’limida yetakchi iqtisodchi.
  • 10.10.2019 y.h.v. – “Sharg’unko’mir” AJ iqtisodiyot va moliya bo’yicha bosh direktor o’rinbosari

Lavozim majburiyatlari

  • Mehnat unumdorligini, ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligini, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga, uning tannarxini pasaytirishga, mehnat unumdorligi va ish haqi o’sishining to’g’ri nisbatlarini ta’minlashga, moddiy mehnat va moliyaviy resurslarning eng kam xarajatlarida eng yuqori natijalarga erishishga qaratilgan jamiyatning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishni amalga oshiradi.
  • Jamiyatning istiqbolli yillik, choraklik, oylik prognozlarini tuzish bo’yicha jamiyatning barcha bo’linmalari faoliyatini metodik jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtiradi, ularning sifatini, kompilyatsiya qilishning o’z vaqtida bajarilishini, prognoz va faktlarning barcha texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini bog’lashning haqiqiyligini nazorat qiladi.
  • Korxona faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlarini rejalashtirishni takomillashtirish, ularning yuqori darajada asoslanishiga erishish, rejalashtirishning me’yoriy bazasini yaratish va yaxshilash, tovar-moddiy boyliklar, aylanma mablag’lar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normalarini takomillashtirish bo’yicha ishlar olib boradi.
  • Jamiyatning iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash rejimiga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi.
  • Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish ishida ishtirok etadi, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, jamiyatning iqtisodiy mustaqilligi va iqtisodiy mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan takliflar tayyorlaydi.
  • Rejalashtirilgan va moliyaviy intizomga rioya etilishini, rejali topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi, jamiyat va uning bo’linmalarining ishlab chiqarish iqtisodiy faoliyati natijalarini kompleks iqtisodiy tahlil qilish va baholashni, xo’jalik zahiralaridan foydalanish va ichki zaxiralarni baholash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, mehnat sharoitlari bo’yicha ishlarni attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etadi.
  • Mehnatga haq to’lash fondining sarflanishini nazorat qiladi.
  • Iqtisodiy faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobotni yuqori va statistika organlariga belgilangan muddatlarda o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi.
  • “Sharg’unko’mir” AJ ning moliyaviy-iqtisodiy masalalari bo’yicha shartnomalar tuzishning to’g’riligini nazorat qiladi.
  • Jamiyatning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarni tuzish va amalga oshirishni nazorat qiladi.
  • “Sharg’unko’mir” AJ iqtisodiy xizmat va mehnat va buxgalteriya me’yorlarining ishini nazorat qiladi.
  • Kelib tushgan va ko’rsatilgan pul mablag’larining to’g’ri sarflanishi ustidan o’z vaqtida nazoratni amalga oshiradi.
  • O`zbekiston Respublikasining 202l-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to`g`risidagi 684-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi “davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gi qarorlari hamda xarid faoliyatiga doir boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash, “Sharg’unko’mir” AJ da o`rnatilgan tartib asosida xarid-siyosatini amalga oshirilishini nazorat qiladi.