Biz haqimizda

Ushbu ko’mir konining qurilishi 1943 yilda boshlangan. «Sariosiyo» temir yo’li bekatidan «Toqchiyon» (hozirgi SHarg’un shahri) 12 kilometr uzunlikdagi temir yo’l shaxobchasi qurildi, ko’mir tashish uchun 18 kilometr uzunlikdagi osma-yuk kanat yo’li, hodimlarni va tovar moddiy boyliklarini tashish uchun 20 kilometr masofaga avtoyo’l qurildi.
1958 yili SHarg’unko’mir koni ishga tushirilib, yiliga loyiha quvvati 400 ming tonnaga mo’ljallangan.
Shaxtaning qurilishida A.Eshqulov, H.Tursunov, P.Xursanovlar jonbozlik ko’rsatdilar. Ularning Boysundagi ko’mir konidan qo’lda ko’mir qazib chiqarib, otalari va bobolarining izlaridan borishdi.
Ular Hukumatimizning orden va medallari bilan taqdirlanib, proxodkachilar brigadasi boshlig’i Parda Hursanov «Hurmatli shahtyor» unvoniga ega bo’ldi va uning uch ug’li shaxtyorlar sulolasining davomchisi bo’lishdi.
Shaxtani ekspluatatsiyaga 1958 yilda topshirgandan so’ng «Sharg’unko’mir» shaxta boshqarmasi tashkil topib, boshqarmaga har xil yillarda V.I.Tanishev, A.U.Usmanov, E.Yu.Yusupov, G.M.Ibragimov, A.I.Buravlev, N.K.Kurbaniyazov, M.K.Galimov, X.P.Xursanov, U.A.Rashidov, K.L.Xonov, CH.T.Ochildiev, K.S.Zokirov, N.A.Djurakulov, S.H.Kucharovlar rahbarlik qildilar.

0
YIL OLDIN KONIMIZ ISHLAY BOSHLAGAN

Natijalar

«Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyati ko’mir qazib chiqarish rejasini 2013 yilda 100,3 foiz, 2014 yilda 297,8 foiz bajargan hamda ko’mir sotish rejasini 2013 yilda 202,0 foiz, 2014 yilda 296,5 foizga bajargan. Birgina 2014 yilda jamiyat tomonidan 95,2 mln.so’m sof foyda olingan.
Olingan sof foyda hisobidan 2013-2014 yillarda 3 ta “DOOSAN-DX” ekskavatori va yuklash texnikasi, 2 ta “SHANXI”, 2 ta “SINOTRUK”, 4 ta “Howo”, “DOOSAN-DX” samosvallari olib kelingan.
2014 yildan boshlab jamiyatning ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish bo’yicha qiymati 101,3 mln.dollarlik loyihani ishlab chiqishda o’zining munosib hissasini qo’shdi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarini o’z jamoasi davrasida doimo faxr bilan tilga oladi va jamoadoshlarini istiqlol bergan imkoniyatlardan samarali foydalanishga da’vat etadi.

Kutilayotgan natijalar

  • 2022 yildan boshlab yillik toshko’mir qazib olish va sotish 900 ming tonnaga yetkaziladi.
  • Qo’shimcha 450-500 dan ortiq yangi ish joylari yaratiladi.
  • Ko’mir mahsuloti «O’zbekenergo» DAK ning Yangi-Angren va Angren issiqlik elektrostansiyalari, «O’zqurilishmateriallari» AK ga qarashli sement zavodlariga, «Qishloq qurilish invest» korxonalari va boshqa iste’molchilarga yetkazib beriladi.

Biz bilan hamkorlik

«Sharg’unko’mir» AJ asosan SSSSH markali toshko’mir qazib chiqaradi, fraksiyasi 13mm, kaloriyasi 8100 kkal/kg. Yillik quvvati – 100 ming tonna, aniqlangan ko’mir zahirasi – 35,6 mln. tonnani tashkil etadi.

Rasmlar galereyamizdan

Oxirgi yangiliklar

14 Feb

G’alaba muborak bo’lsin!

Bugun soat 16:00 dan 20:00 gacha tuman hokimi kubogi futbol musobaqasining ikkinchi tur o'yini bo'ldi. Bugungi o'yinda "SHarg’unko'mir" AJ futbol
14 Feb 2021   /   0 Comment   /   0   /   Read More
29 Dec

Mukofot muborak bo’lsin!

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni imzo chekkan Farmonga muvofiq O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari
29 Dec 2020   /   0 Comment   /   0   /   Read More
21 Dec

Moliyaviy hisobotlarning tashqi auditi uchun tanlov

"Sharg'unko'mir" AJ moliyaviy hisobotlarning tashqi auditi uchun tanlov e'lon qiladi: - 2020 yil oxirida Milliy buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tashqi
21 Dec 2020   /   0 Comment   /   0   /   Read More
19 Dec

19 dekabr kuni Termiz shahar san’at saroyida sanoat yarmarkasi o’tkazildi

O'zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-martdagi "2020-2021-yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to'g'risida"gi 136-sonli qarori
19 Dec 2020   /   0 Comment   /   0   /   Read More