“Sharg`unko`mir” AJda milliy liboslar kuni: MILLIY QADRIYaTLAR IFODASI


Ma’lumki, yurtimizda haftaning har juma kuni «Milliy liboslar kuni» etib belgilangan.
Ushbu kunda barcha tashkilot va korxonalarning xodimlari o`z ish joylariga milliy liboslarda kelishi tavsiya etilmoqda.
Milliy libos – xalqimiz tarixi, madaniyati va an’analari aks etgan, asrlar osha sayqal topgan boy merosimizdir. Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog`liq bo`lib, u milliy o`ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi.
Uzoq tarixni bosib o`tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so`zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish, targ`ib etish va milliyligimizni unutmaslik maqsadida tashkil etilgan «Milliy liboslar kuni»da korxonamiz xodimlari betakror nafosatga ega bo`lgan milliy ornamentlardan foydalanishlari mumkin.



