• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 “Sharg`unko`mir” AJ terma jamoasi  O`zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan mini futbol musobaqasi g`olibi!

“Sharg`unko`mir” AJ terma jamoasi  O`zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan mini futbol musobaqasi g`olibi!

Кирилча талқинида ўқиш

Avval xabar qilganimizdek, Termiz MTU kasaba uyushma hududiy qo`mitasi tashabbusi bilan sportning mini futbol turi bo`yicha musobaqa o`tkazildi. Turnirda jami 13 ta jamoa ishtirok etdi. Bunday uchrashuvlarni tashkil etishdan ko`zlangan asosiy maqsad xodimlar o`rtasida ommaviy sportni keng targ`ib qilish, sog`lom turmush tarziga jalb etish, ular o`rtasida do`stona aloqalarni o`rnatishdan iborat edi. Turnirda ishtirok etgan “Sharg`unko`mir” AJ terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Turnir davomida Konchilar dastlab Termiz Aloqa va signallashtirish masofasi korxonasi terma jamoasini mag`lub etdi. Keyinchalik  Harbiylashtirilgan qo`riqlsha xizmati jamoasi va keyinchalik PMS—166 tashkiloti jamoasi mag`lub etildi. Hal qiluvchi final o`yinida raqiblarimiz Termiz mintaqaviy temir yo`l uzeli jamoasi bo`ldi.

 Murosasiz va qizg`in kechgan bellashuvda “Sharg`unko`mir” AJ terma jamoasi juda yaxshi o`yin ko`rsatib, Termiz mintaqaviy temiryo`l uzeli korxonasi jamoasi ustidan 4:2 hisobda g`alaba qozonda va viloyat tashkilotlari o`rtasida bu yilgi musobaqaning g`olibi bo`ldi. Ikkinchi o`rin Termiz mintaqaviy temiryo`l uzeli korxonasi jamoasiga nasib etdi.

G`olib jamoamiz va ularning a’zolari musobaqa tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg`alari va diplomlar bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida Termiz MTU kasaba uyushma hududiy qo`mitasi ishlar boshqaruvchisi Shavkat Choriyevich Tursunov va Termiz MTU kasaba uyushma hududiy qo`mitasi huquqiy maslahatchisi Bobomurod Hayitaliyevlar ishtirok etishdi.

Futbolchilarimizni va butun jamoamizni bugungi g`alaba bilan muborakbod etamiz!

Quyida musobaqaning hayajonli lahzalaridan olingan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.