Islomda korruptsiya nima?
Pora olgan ham, uni bergan ham do`zaxiydir. Muqaddas dinimizning ushbu qat’iy hukmi korrupsiya illati barcha zamonlarning «bosh og`rig`i» bo`lib kelganidan dalolatdir. Islom dini jamiyatda sog`lom muhitni shakllantirishni hamisha diqqat markaziga qo`ygandir. U o`zining bu oliy maqsad yo`lida xalq orasidagi barcha jabhadagi illat va kamchiliklarning oldiga qat’iy to`siqlar qo`ygan.
Islom moliyasi bu birinchi navbatda halol rizq masalasi, deyish mumkin. Alloh taolo bandalariga bu sinov dunyoda tanlov ixtiyorini berib qo`yganki, banda o`z rizqini haloldan ham, haromdan ham terishi mumkin. Ammo har ikki holatda ham banda o`ziga ato etilgan rizqdan ortig`iga ega bo`lmaydi.
Azaldan-azal qalbi toza insonlar poraxo`rlik bilkan kurashib kelishgan va adolat yo`lida qurbon bo`lishgan. Shularning orasida Abdulla Qodiriy ham bo`lgan. Mana uning romanidan bir parcha:
– Bir vaqt Xudoyor, “odil podshoh” bo`lmoq niyatida mazkur uch mirzoni mahfiy ravishda viloyatlarga jo`natib, ularga: “Zolim beklarim, poraxo`r qozi va boshqa amaldorlarim bo`lsa, menga bilib beringiz, men ularning jazolarini beraman”, deb buyuradi. Sayidxon, mulla Siddiq va Mo`minjon – bu uchavi viloyat, tumanlarda necha vaqt mahfiy kezib, bek, qozi, umuman, mansabdorlarni tekshirib chiqadilar. Ularning to`g`ri baho berishlari natijasida ma’murlardan qariyb to`qson yetti foizi zolim va poraxo`r ko`rsatilardirlar. Xon bu holga hayron bo`lib, o`rdadan bir necha kishilarga sirni ochadi. Bu kishilar boyag`i uch mirzoning raqiblaridan bo`lib, xonga ig`vo qiladilarkim: “Mirzolar o`zlariga pora berguchilarni yaxshi ko`rsatib, bermaguchilarni yomon ko`rsatadirlar. Yo`qsa sizning ovoni adolatingizda shunchalik yomonlar bo`ladimi? Bu qo`rnamaklar nafs so`ziga kirib, janobingizning aksar sodiq qullaringizni sizdan yuz o`girishlariga va saltanatingizga rahna solishg`a sababchi bo`lmasinlar”, deb. “Odil podshoh” bu ig`voga laqqa uchib mazkur uch mirzoning quloq-burunlarini kesib, o`zlarini o`rdadan haydashga va ular ko`rsatgan uch foiz yaxshi kishilarni ham ishdan olishga buyurdilar. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanidan.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Haromdan oziqlangan hech bir jasad jannatga kirmaydi» (Abu Ya’lo, Bazzor va boshqalar rivoyati).
Jamiyat taraqqiyotiga va farovonligiga jiddiy zarar keltiradigan, jamiyatni ichidan yemiradigan illat bu poraxo`rlik desak, adashmagan bo`lamiz. Chunki pora olish, pora bilan ishini bitkazishga harakat qilish – bularning barchasi islom ummatini har taraflama orqaga tortadigan, taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo`layotgan qabih illat, jamiyat boshidagi ulkan balo va kulfatdir.
Haromga havas tuyg`usini shakllantiradi. Ongi yetarli darajada shakllanib ulgurmagan yoshlar pora oluvchilarning harom to`kin-sochin hayotiga havas qilib, hayot mazmun-mohiyatini biror “yog`li” lavozimga erishish va shu orqali o`z orzu-istaklarini qondirishda ko`rishni boshlashadi. Poraxo`rlikning eng yomon jihati ham aynan shunda, ya’ni jamiyat a’zolarini, birinchi navbatda yoshlarni shunday haromga havas bilan qarash tuyg`usini shakllantirishda bo`lsa kerak;
bu adovat. Jamiyat a’zolarining bir qismi nohaq boyliklarga ega bo`lishi oqibatida odamlar o`rtasida adovat kuchayadi;
bu adolatsizlik. Jamiyat a’zolarining ko`zi ko`r, qulog`i kar yoki ongi past emas. Ular kim nima orqali pul topayotganligini ko`rib, eshitib turishadi va sekin-asta ularning hisobidan boylik orttirayotgan poraxo`rlarni ko`rib, bunday adolatsiz holatga yo`l qo`yib qo`ygan davlat tizimidan, bunga mas’ul mutasaddilardan norozi bo`lishni boshlashadi, albatta, bunday norozilik asta-sekin jamiyatda yoki taranglikni kuchayishiga sabab bo`ladi (bu esa bir kunmas bir kun jiddiyroq muammolarga olib borishi aniq) yoki tushkunlikni keltirib chiqaradi (bu esa fuqarolarning o`z vatanlariga bo`lgan sevgi va ishonchini o`ldiradi. Davlat uchun bundan ham kattaroq fojia bo`lmasa kerak).
Qaysi bir tizimni olmang, unda poraxo`rlik avj olgan bo`lsa, tizimdagi barcha, hatto oddiy xodim ham “rahbarlar pora olyapti-ku, biz olsak nima bo`pti?!” qabilida ish tutadigan bo`lib qoladi.
Shariatda pora berish/olish to`g`risida nima deyilgan?
Islom shariatida poraxo`rlik gunohi kabiralardan hisoblanadi. Imom Shamsiddin Zahabiy “Gunohi kabiralar” kitoblarida poraxo`rlikni misol qilib keltirgan. Poraxo`rlik birovning molini nohaq yeyishdir.
Alloh taolo “Baqara” surasi 188-oyatida quyidagicha marhamat qiladi:
“Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun hokimlarga gunohkorana tashlamang.” Savbon roziyallohu anhu aytadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchi, pora oluvchi va ularning o`rtasidagi vositachini la’natladilar” (Imom Ahmad, Termiziy, Ibn Moja rivoyati). Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zino keng tarqalgan qavm orasida ocharchilik, poraxo`rlik keng tarqalgan qavm orasida qo`rquv ko`payadi.” dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Sovg`a shaklida pora olsa yoki bersa bo`ladimi?
Sovg`a ko`rinishida berilgan yoki olingan pora ham haqiqiy pora hukmida bo`lib, bunday qilishga shar’an ruxsat etilmaydi. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi:
“Amirning hadya (sovg`a) olishi harom, qozining pora olishi kufrdir” (Imom Suyutiy rivoyati).
Ixtiyoriy ravishda berilgan pora haqiqiy pora kabi bo`ladimi?
Hatto chin ko`ngildan xohlab berilgan taqdirda ham, baribir, pora olish katta gunoh hisoblanadi.
Olingan porani nima qilish kerak?
Pora sifatida olingan pul yoki shu kabi narsani qaytarish lozim bo`ladi, agar uni ishlatib yuborgan bo`lsa, olgan miqdoriga teng mol-mulk yoki pulni bergan odamga qoplab berish majburiydir.
Pora bu – bir shaxs hokimga hukmni o`zining foydasiga chiqarib berishi uchun beradigan narsadir. Abu Nasr al-Bag`dodiy rahimahulloh «Sharh al-Quduriy»da: «Pora bilan sovg`aning farqi shundaki, pora unga yordam berilishi uchun beriladi, sovg`ada esa bunday shart bo`lmaydi», – deganlar. Pora olish Qur’on, sunnat hamda ijmoga ko`ra haromdir. Qur’ondagi Alloh taoloning oyatlariga keladigan bo`lsak, Alloh taolo Baqara surasi 188-oyatda shunday marhamat qilgan: «Bir-birlaringizni mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun hokimlarga gunohkorona tashlamang». Ushbu oyati karimani tushuntirish uchun Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu degani – bir odam qarzdor bo`ladi, lekin o`ziga qarshi hujjat yo`qligidan foydalanib, u molni olganidan tonadi. Birovning molini haromdan yeb, gunohkor bo`layotganini bilib turib, hokimga arz qiladi», – degan ekanlar. Go`yo hokim hukm qilsa, gunoh gunohlikdan tushib, harom mol halolga aylanib qoladigandek. Holbuki, hokimning hukmi ila halol harom bo`lib qolmaydi harom esa halol bo`lmaydi. Balki hamma narsani ko`rib bilib turuvchi Allohning hukmi bilan halol yoki harom bo`ladi. Hokim hamma narsani ko`ra olmaydi, bila olmaydi. U sirtdan ko`rganiga, talashayotganlarning gapiga, ularning hujjatiga qarab hukm chiqaradi. Imom Buxoriy Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz alayhissalom: «Men bir odamman, xolos. Talashganlar huzurimga keladilar. Ba’zilari boshqalaridan ko`ra hujjatini yaxshiroq ko`rsatishi, men esa uning foydasiga hukm qilishim mumkin. Kimga bir musulmonning haqqidan hukm qilib bersam, u do`zax o`tidan bir bo`lakdir. Xohlasa, olsin, xohlasa, qoldirib ketsin», – deganlar.
Taniqli hanafiy olimi va faqihi, mashhur «Bahr ar-roiq», «al-Ashboh va-n-nazoir» asarlari muallifi Zayn al-obidin (Zayniddin) Ibn Nujaym al-Misriy al-Hanafiy (1519-1563) rahimahullohning mazkur «Pora va uning turlari» risolasi uning «ar-Rasoil az-zayniyya fiy fiqh al-hanafiyya» nomli risolalar to`plamida
poraning bayoni, uning turlari haqidagi qisqacha risola bo`lib, uning zaminida qoziga olish joiz bo`ladigan yoki umuman mumkin bo`lmaydigan narsalar, poraning halol va harom bo`ladigan holatlari to`g`risida ham so`z yuritiladi. Shuningdek, pora bilan hadiyaning orasidagi farq haqida, pora olganda uning egasi kim bo`lishi haqida, pora oluvchilarning ta’zirini berib qo`yilganda, oshkora hammaga ma’lum qilinishi borasida ham so`z yuritilgan. Poraning ikki xil ma’nosi bor, Uning lug`aviy va istilohiy ma’nolari. Lug`atda poraning ma’nosi shirinkoma – haq, mukofot.
«Al-Qomus»da «rishvat» («pora»)ning misoli shirinkoma ekani aytilgan. «Rashaahu» deyilsa, unga biror narsa berilganini aytiladi. «Irtashaa» esa o`sha narsani olganni aytiladi. «Istarshaa» esa biror narsa talab qilganni aytiladi.
«al-Misboh»da «rishvat» «ro»ning kasrasi bilan biror shaxsning uning foydasiga hukm qilishi yoki uning istaganini amalga oshirishi uchun hokimga yoki boshqa birovga biror narsani berganiga aytiladi, deyilgan.
Pora olish Qur’on va sunnat hamda ijmo’ga ko`ra harom. Qur’onda Alloh taoloning so`zi bor: «Oralaringizdagi molllaringizni bekordan bekor yemanglar!». Bosqinchilik, sudxo`rlik, qimor kabi botil, bekor va puch narsaga shariat ruxsat bermagan. Alloh taolo bunday degan:
«Mol (va boylik)laringizni o`rtalaringizda botil (yo`llar) bilan yemangiz! Shuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yo`li bilan yeyish (o`zlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola etmangiz!» (Baqara, 188).
Al-Halvoniy rahimahulloh: «Pora – chelakni quduqqa suv tortib olish uchun maxfiy tarzda tushirish ma’nosida», deganlar. Ya’ni, pora beruvchi nohaq ravishda mol-dunyo yeyishga hukm chiqartirish maqsadida o`z porasini maxfiy ravishda hokimga beradi. Poraning sunnatda harom qilinganiga kelsak, bu boradagi hadislar juda ko`p. Ulardan biri Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mana bu qarg`ishlaridir: «Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo`lsin!». Yana ul zoti bobarakot: «Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!», deganlar.
Qadimda hadya – ya’ni, sovg`a ham qozi uchun pora kabi bo`lgan. Hadya foyda olish niyatida bo`lsa, ikki tarafdan ham harom bo`ladi. Kimki qozining oldiga kelib, unga hukm o`qmasdan turib hukm chiqarishi uchun yoki hukm o`qiganidan keyin biror narsa bersa, beruvchi harom ishni qilgan bo`ladi. Agar qozi buni qabul qilmasa va unga ta’zir berib qo`yishni xohlasa, qoziga shu ishni qilishi mumkin bo`lgan. Imomi A’zam Abu Hanifa rahimahulloh yolg`on guvohlik bergan kimsani bozorlarda olamonga oshkora qildirish ila ta’zirini beriladi, degan. Boshqa narsa qilinmaydi. Ikki imom (Abu Yusuf va Muhammad) esa og`ritib uriladi va hibsga solinadi, deganlar.
Hazrati Umar raziyallohu anhu Shomdagi amaldorlariga yolg`on guvohlik bergan kimsa borasida maktub yo`llaganlar. Unda qirq darra urish, yuzini qoraga bo`yash, sochini qirib olib tashlash va hibsda uzoq muddat ushlab turish jazolarini birdaniga tayinlagan. Abdurrazzoq rahimahulloh o`z «Musannaf»ida rivoyat qilganlarki, Hazrati Umar raziyallohu anhu yolg`on guvohlik bergan kimsaning yuzini qoraga bo`yash, sallasini bo`yniga o`rab tashlash va uni ovullarda aylantirishga buyurganlar.
Xullas ta’zir berishda had jazosigacha olib borilmasa, jamiyatda hech – qanday ijobiy o`zgarish bo`lmaydi. Chunki, Hazrati Umar raziyallohu anhuning fikrlari mana shunday bo`lgan. Ushbu zamonda pora ko`payib ketgani bois uni ozaytirish maqsadida shu ishni qilishi kerak. Mana shuning oqibatida pora beruvchi yoki poraxo`r tavba qiladilar. Yolg`on guvohlik beruvchilir yoki shu kabi ta’magir jinoyatchilar alamli va sharmandali jazo muqararligini balki xis etarlar deb fikr yuritgan.
Azaldan-azal qalbi toza insonlar poraxo`rlik bilkan kurashib kelishgan va adolat yo`lida qurbon bo`lishgan. Shularning orasida Abdulla Qodiriy ham bo`lgan. Mana uning romanidan bir parcha.
Bir vaqt Xudoyor, “odil podshoh” bo`lmoq niyatida mazkur uch mirzoni mahfiy ravishda viloyatlarga jo`natib, ularga: “Zolim beklarim, poraxo`r qozi va boshqa amaldorlarim bo`lsa, menga bilib beringiz, men ularning jazolarini beraman”, deb buyuradi. Sayidxon, mulla Siddiq va Mo`minjon – bu uchavi viloyat, tumanlarda necha vaqt mahfiy kezib, bek, qozi, umuman, mansabdorlarni tekshirib chiqadilar. Ularning to`g`ri baho berishlari natijasida ma’murlardan qariyb to`qson yetti foizi zolim va poraxo`r ko`rsatilardirlar. Xon bu holga hayron bo`lib, o`rdadan bir necha kishilarga sirni ochadi. Bu kishilar boyag`i uch mirzoning raqiblaridan bo`lib, xonga ig`vo qiladilarkim: “Mirzolar o`zlariga pora berguchilarni yaxshi ko`rsatib, bermaguchilarni yomon ko`rsatadirlar. Yo`qsa sizning ovoni adolatingizda shunchalik yomonlar bo`ladimi? Bu qo`rnamaklar nafs so`ziga kirib, janobingizning aksar sodiq qullaringizni sizdan yuz o`girishlariga va saltanatingizga rahna solishg`a sababchi bo`lmasinlar”, deb. “Odil podshoh” bu ig`voga laqqa uchib mazkur uch mirzoning quloq-burunlarini kesib, o`zlarini o`rdadan haydashga va ular ko`rsatgan uch foiz yaxshi kishilarni ham ishdan olishga buyurdilar. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanidan.
Pora olgan ham, uni bergan ham do`zaxiydir. Muqaddas dinimizning ushbu qat’iy hukmi korrupsiya illati barcha zamonlarning «bosh og`rig`i» bo`lib kelganidan dalolatdir. Senat raisining qayd etishicha, bugungi kunda insoniyatning aksariyati jahon urushlari, butun boshli xalqlar hayotiga xavf soluvchi epidemiyalar, ibtidoiy davrga xos qoloqlik kabi mudhish xatarlardan ma’lum ma’noda uzoqlashgan bo`lsa-da, hanuzgacha o`z ko`lami va miqyosi jihatidan bu xatarlardan kam bo`lmagan illatlardan xalos bo`lgani yo`q. Ana shunday illatlardan biri esa korrupsiyadir.
Zotan, barchaning yakdil xulosasiga ko`ra, korrupsiya jamiyatni turli yo`llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, islohotlarga to`sqinlik qilib, jamiyat taraqqiyotini ortga suradi. Oqibatda hayot sifati yomonlashib, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalarning ildiz otishi uchun sharoit yuzaga keladi.
BMT ma’lumotlariga ko`ra, har yili dunyo iqtisodiyoti korrupsiyadan 2,6 trln. dollar zarar ko`rmoqda. Bu jahon yalpi mahsulotining taxminan 5 foizini tashkil etadi. Pora miqyosi 1 trln dollarni tashkil etmoqda. Bu esa, ehtiyojmand xalqlarga berilayotgan gumanitar yordamdan 10 baravar ziyod ekan jirkanch illat ko`lami naqadar kengligiga yaqqol isbotdir. Korruptsiyaning eng xatarli jihati shundaki, uning ildizlari juda olis tarixga borib taqaladi va u ayrim toifadagi odamlar, ayniqsa, davlat xizmatidagi ba’zi mansabdorlar va mas’ullarning qon-qoniga singib ketgan tom ma’nodagi kasallikdir.
USMONIYLAR XALIFALIGIDA KORRUPTSIYa
Yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida, Shumer podsholigi davrida eslab o`tilgan. Korruptsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yo`qotib bo`lmaydi. Hatto ideal bo`lgan davlatlar ham korrupsiyadan xalos bo`lolmagan. Yuqorida takidlaganmizdek Qur’oni karimni Baqara surasi, 188 – oyatida «Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang» deyilgan, lekin shunga qaramay, poraxo`rlik xalifalikda ham mavjud bo`lgan.
Bu tarixan Abbosiylar sulolasi vakillari hokimlik qilishni islom davridan oldingi Eron hukmdorlari – Sosoniylar davlat xizmati tajribasiga ega bo`lgan islomni qabul qilgan eroniylar ustunlik qilgan amaldorlarga topshirib qo`yganligi bilan bog`liq. Dastlabki pallalarda xalifa turli idoralar faoliyatini shaxsan nazorat qilardi, lekin vaqt o`tishi bilan bu ishni o`ziga yaqin odam bo`lgan – avval xalifaning turli ishlar bo`yicha shaxsiy yordamchisi bo`lgan vazirga topshirib qo`ydi. Vaqt o`tishi bilan vazirlar keng tarmoqli davlat apparati shakllantirdilar. X asrning o`rtalariga kelib, u yoki bu lavozimga tayinlanish uchun amaldorlar tomonidan vazirlarga pora berish muntazam amaliyoti shakllanib bo`lgandi. Bundan, masalan, xalifa Muqtadirning vaziri bo`lgan Ubaydulloh Hoqoniy (926 yil vafot etgan) amaldorlarni turli lavozimlarga tayinlash va olib tashlashda faol foydalangan. Pulga qattiq muhtojlik sezayotgan davlat soliqlar to`plashni xususiy shaxslarga topshirib, bu ular tomonidan turli suiste’mollarga olib kelardi. Masalan, ular soliq miqdorini oshirish uchun uni hosilni oshirilgan stavka bo`yicha baholardi; soliqlar to`lanmagunga qadar mevalar va don hosilini yig`ib olishga ruxsat bermasdi, qarzni undirishni esa kechiktirardi va dehqonlar hosilning halok bo`lmasligini ko`zlab, soliq yig`uvchilar tezroq soliq undirishi uchun ularga pora berishga majbur bo`lardi.
Bu holat Usmonlilar saltanatida ham istisno emasdi. 1763-1764 yillarda usmoniylarning Prussiyada elchisi, keyinchalik esa saltanatning tashqi ishlar vaziri bo`lgan Rasmi-efendi poraxo`rlikning ayrim turlariga tavsif bergan: «…yanicharlarning har bitta mingboshisi qo`lida ro`yxati nomma-nom yozilgan mingta askar bo`lgan va u har oy davlat g`aznasidan to`liq miqdorda ming kishilik maosh olishni odat qilib olgan, garchi uning askarlari buning yarmini tashkil qilmasa ham. Faraz qilaylik, «ming» bu «besh yuz»ga teng. Qirq kundan keyin bu besh yuzdan to`rt yuzi ovqat izlab topish bahonasida tarqalib ketadi. Mingboshining qo`l ostida nari borsa yuz nafar xizmatchi bo`ladi, u ishyoqmas esa ming kishiga maosh berilishini talab qiladi: unga pul bilan to`laysanmi yoki pul o`rniga omborlardan don olishga ko`ndirasanmi, baribir g`aznada bir chaqa ham qolmaydi. Bahslashaman deb ko`r-chi, – bu odamlar darrov dod-voy sola boshlaydi: “Vazir – ahmoq! Bosh g`aznachi – muttaham! Qo`shin mirzosi, yanicharlar og`asining ro`yxati – to`g`ri, adolatli hujjat! Barcha to`lovlar va ta’tillar u bo`yicha amalga oshirilishi lozim. Kim uning to`g`riligiga shubha bildirishi mumkin?”…
Qo`shinni oziq-ovqat bilan ta’minlashi lozim bo`lgan intendantlar esa quyidagi ravishda o`g`rilik qilardi: «Suxari tayyorlash uchun kvartirmeysterlar omborlarda qirq yillab yotgan va ohakka o`hshab ketgan eski unni va shu yerning o`zidan topilgan, rangi qora yer bilan bir xil bo`lgan eski suxarilarni olib, ularni bir-biri bilan aralashtirardi, yangi un qo`shardi va hamma stantsiyalarda omborlar va non pechlari yerga qurilgan ekanligi sababli xamirga istalgancha tuproq qo`shish uchun uzoqqa borishning ham keragi yo`q edi. Tuproqdan non yopib bo`lmaydi! Xalqqa beriladigan non qurigan loyga o`xshab ketardi. Boshqa iloj yo`q edi: majburan shu suxarilar bilan ovqatlanishga to`g`ri kelardi; o`n kun shu suxaridan yegan odamlar Xan-tepesida bu dunyodan ko`z yumib, yangi qazilgan go`rlarga yotardi va abadiy uyquga ketardi. Ular jamoalariga o`zi haqida xabar bermay qo`ygach, o`nboshilar va rota qo`mondonlari tilovat tushirib o`zlaricha: “Ularning maoshi bizga qoladi! Ular – shahidlar!…. bechoralar g`ayridinlarga qarshi urushga yo`l olgan holda halok bo`ldi!” deb aytardi.
XVI asrda usmoniylar imperiyasida iltizomga berilgan soliqlar to`plash bilan ommaviy suiste’mollar boshlandi. Aslida qancha soliq to`planganini nazorat qilishning imkoni yo`q edi. Soliqlarni to`plovchi davlatga aniq belgilangan bir summani topshirardi, xolos. Bundan tashqari, davlatdan foydalanish uchun yer – timar oladigan harbiy xizmatchi sipohilar shu bilan birga bu yerlarda ishlaydigan dehqonlardan soliq to`plash huquqini ham qo`lga kiritardi. Shuningdek, timarlar bir qismiga sipohilar ularning miqdori aniq belgilab qo`yilgan turli ayblar uchun jarima sanalgan «havo solig`i» (bad-i-xava) undirish huquqiga ega bo`lgan.
Sulton Murod III hukmronlik qilgan davrda (1574-1595) timarlarni taqsimlashdagi suiste’mollar eng avjiga chiqqan. Turli provintsiyalar gubernatorlari (beylerbey va sandjakbey) ularni bu huquqqa ega bo`lmagan shaxslarga ham pora evaziga tarqatib yuborardi.
Timarlardan soliq to`plashni muzd evaziga berish harakatlari shunga olib keldiki, yer maydonlarida ishlaydigan dehqonlar «otkup(muzd)»chilar o`zboshimchaligining qurboniga aylandi. Bu suiste’mol holatlarini hattoki Usmoniylar saltanati shayxulislomlari chiqargan maxsus fatvolar ham bartaraf qila olmadi. Asta-sekinlik bilan sipohilar harbiy yurishlarga bormay qo`ydi, ularga taqdim etilgan yerlarda muqim qolib, amalda davlat mulkini shaxsiy mulk qilib oldi. Davlat esa, o`z navbatida, buyuk vazirlar timsolida ko`ngilsiz reaktsiyadan xavfsiragan holda harbiylar bilan to`qnashuvga borishdan qo`rqardi. Usmoniylar saltanatida poraxo`rlik oqibati shu bo`ldiki, qo`shinlar harbiy tayyorgarligini yo`qotdi, natijada 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida qator mag`lubiyatlarga uchrab, bu davlatning qudratiga putur yetkazdi.
So`zimizni Imom Zahabiy shunday quyidagi o`gitlari bilan yakunlaymiz. “Ey inson sen yer yuziga yig`lab kelding ota-onang seni xursand bo`lib kutib oldilar, Ey inson endi sen bu dunyodan ketmasingdan oldin jamiyat, xalq, din, davlat, ota-ona va farzandlar oldidagi burchlaringni mukammal ado qilib qo`yginki, ketar chog`ingda sen kulib ketgin, qolganlar esa, qanday yaxshi inson edi-ya deb orqangdan yig`lab qolsinlar.
«Sharg’unko’mir” AJ 10-shtolnya ko’mirni qabul qilish va yuklash uchastkasi g’alvirlovchisi Melikov Baxtiyor Lutfilloyevich