Shargunkomir” AJ uchastka va MCHJ korxonalarida ishlab chiqarish bilan bog’liq baxtsiz xodislar sodir bo’lishiga yo’l qo’yilishining oldini olish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ahvolini tubdan yaxshilash, hamda sohani takomillashtirish yuzasidan

TAKLIFLAR – VAZIFALAR.

1. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy (Nizom, Qoida, Instruqsiya, bo’yruqlar va x.k.) xujjatlarning amaldagi qonunchilikka mosligini o’rganish, ularni inventarizasiyadan o’tkazish, o’zbek (lotin, kiril alifbosida) va rus tillarida qayta chop ettirish va barcha korxona, tashkilot va muassasalar mehnat muhofazasi mas’ul xodimlariga yetkazish.

2. Aksiyadorlik jamiyati mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi, barcha xizmat, markaz, korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi kadrlari tarkibini tahlil etish, ularning ma’lumoti va mutaxassisligi lavozimiga mosligini o’rganish, vakansiya joylariga munosib kadrlarni tayinlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish.

3. Mutaxassislarni mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi vazifasiga ishga qabul qilish va lavozimlarga tayinlashda jamiyat boshqaruvi raisining 2013 yil 16 yanvardagi 16-N-sonli bo’yrug’i talablariga muvofiq nomzodlarni aksiyadorlik jamiyati mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshirish.

4. Toshkent temir yo’l muxandislari instituti qoshidagi “Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo’l markazi”da (DSPK) mehnat muhofazasi muxandislarining har 2 yilda bir marta malakasini (hozirda xar 5 yilda) oshirishni yo’lga qo’yish. Malaka oshirish o’quv dasturlariga mehnat muhofazasi bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish, ilg’or va zamonaviy elektron-axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish. Mehnat muhofazasi bo’yicha xalqaro standartlar tizimiga bosqichma-boskich o’tish (OHSAS:l 8001).

5. Rahbarlar, mutaxassislar, o’rta bo’g’in mas’ul xodimlarining xizmat lavozimi yo’riqnomalariga mehnat muhofazasi bo’yicha majburiyatlari va huquqlari aniq ko’rsatilgan tegishli bandlar kiritilishini amalga oshirish.

6. Mehnat muhofazasi bilan bog’lik bo’lgan barcha o’quv-texnik mashg’ulotlarni bevosita ish joylarida ishlab chiqarish bilan bog’lik holda amaliyotga tadbiq etish orqali o’tkazish tajribasini yo’lga qo’yish.

7. Barcha uchastka va MCHJ korxonalarining barcha faoliyat yo’nalishlari xususiyatlarini inobatga olgan holda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish tartiblarini ko’rsatuvchi, turli baxtsiz hodisalar sodir bo’lishidan ogohlantiruvchi belgilarni real vaziyatlarda yaqqol, ta’sirchan namoyish etuvchi, rangli tasvirli plakatlar ishlab chiqish hamda ishchi-xodimlarning bevosita ish joylarida ko’rinarli tarzda maxsus stendlarga joylashtirish, tungi ishlarda maxsus tungi yoritgichli(fosforli) ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari bilan ta’minlash.

8. Barcha korxona va tashkilotlarda ishchi-xodimlarni O’zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200-sonli va jamiyat boshqaruvi raisining 2006 yil 20 noyabrdagi 334-sonli bo’yruqlari talablariga muvofiq ravishda o’z vaqtida va sifatli tibbiy ko’rikdan o’tishlarini ta’minlash.

9. Barcha korxona va tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan ish o’rinlari, mehnat sharoitlari va asbob uskunalarining jarohatlanish xavfliligi yuzasidan attestasiya (shaxodatlash) dan o’z vaqtida sifatli o’tkazishni amalga oshirish. SHaxodatlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bo’yicha har chorakda xisobot berib borish va yil yakunida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasini tasdiklatish.

10. Mehnat muhofazasi bo’yicha besh turdagi yo’l-yo’riqdan (instruqtaj) o’tkazish, mehnatni muhofaza qilish holatini uch bosqichli nazorat tekshiruvi hamda mehnat xavfsizligiga amal qilish bo’yicha ogohlantiruvchi talon tizimi yuzasidan ishlarni NBT-312, NBT-313 va 30.12.2015 yildagi 550-N-sonli Nizom talablariga kat’iy ravishda rioya qilingan holda tashkil etilishini ta’minlash, har bir korxona faoliyatini xususiyatlarini inobatga olgan holda uch bosqichli nazorat tekshiruvi rejasi, o’tkazish tartibi, talab etiladigan me’yorlar va boshqa ma’lumotlarni korxonalarning kirish joylarida ko’rinarli tarzda o’rnatish.

11. O’zbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008 yil 12 noyabrda 245-sonli Qarori bilan tasdiklangan “Korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat muhofazasi fondini tashkil etish va uning mablag’larini ishlatish tartibi to’g’risida” Nizom va Jamiyat raisining 2009 yil 2 martdagi “Mehnat muhofazasi fondini tashkil etish to’g’risida” 63-N bo’yrug’iga asosan jamiyat korxona, tashkilot va muassasalarida mehnat muhofazasi fondini tashkil etish hamda ushbu fondga o’tkazilishi lozim bo’lgan mablag’larga qo’shimcha ravishda, mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinmaganlik uchun 1 va 2-sonli ogohlantiruvchi talonlar olinishi oqibatida xodimlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadigan pul mablag’larini korxonaning mehnat muhofazasi fondiga yo’naltirish;

12. korxonalarda xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinishi natijasida foydalanish muddati o’tmagan maxsus kiyim-bosh, poyafzal, shaxsiy himoya vositalari uchun xodimlar ish haqqidan saqlab qolinadigan pul mablag’larini ham mehnat muhofazasi fondiga o’tkazish masalasini o’rganib chiqish.

13. Korxonalarda mehnat muhofazasi bo’yicha vakillarni saylash va ular faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi Rayosatining 14.12.1995 yildagi 8-3-60-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish bo’yicha komissiyalari faoliyatini O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi Rayosatining 04.04.2017 yildagi 6-44 “s”-sonli qaroriga ko’ra tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq ravishda tashkil etish.

14. 2017 yil “O’zbekiston temir yo’llari” AJ korxonalari tashkilotlarida mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yanada yaxshilash Dasturi bajarilishi uchun lozim bo’lgan mablag’larni o’z vaqtida to’liq ajratish va maqsadli sarflanishini ta’minlash.

15. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 217-moddasi va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining 2004 yil 15 yanvardagi 15-N-sonli bo’yrug’iga asosan ishchi-xodimlarni maxsus kiyim-bosh, poyafzal va boshqa shag’siy himoya vositalari bilan o’z vaqtida to’lik ta’minlash, ulardan samarali foydalanish va holatini saqlash ishlarini tizimli tashkil etish g’amda aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raxbariyatining 2017 yil 13 yanvardagi 71-NZ- sonli bo’yrug’iga ko’ra tashkil etilgan komissiya faoliyatini jonlantirish.

16. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiklangan Nizomga asosan ishlab chiqarish bilan bog’lik holda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklari tufayli etkazilgan moddiy zararni o’z vaqtida to’la hajmda to’lovini amalga oshirish.

17. Ishchi-xodimlarni xizmat safarlariga yuborishga aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2017 yil 1 yanvardagi 1-N-sonli “Xizmat safari tartibi to’g’risida” bo’yrug’i talablariga rioya etilishini tizimli nazorat etilishini ta’minlash.

18. Mehnat muhofazasi holati bo’yicha o’tkaziladigan selektor yig’ilishlari faqat bir marotaba, xar oyning birinchi payshanbasida aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyatlari boshchiligida, albatta aksiyadorlik jamiyati boshqarma, markazlar, MTUlar va korxonalar bosh muhandislari ishtirokida, sifatli, samarali va talabchanlik ruhida o’tkazilishini tashkil etish.

19. Aksiyadorlik jamiyati mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasining bevosita MTUlarda faoliyat yuritayotgan etakchi-muhandislarining lavozim yo’riqnomalarini qayta ko’rib chiqib, mehnat muhofazasi masalasida MTUlar boshliqlaridan boshlab, barcha korxonalar rahbarlaridan kerakli hisobot, ma’lumotlarni talab kilib olish, baxtsiz hodislarni sodir etilishining oldini olish (profilaktika) ishlarini tashkil etish, maxsus tekshirishlar o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatma, topshiriqlar berish bo’yicha vakolatlari kengaytirilib, ularga nozir maqomini berilishi (UTTK boshqarmasi noziri misolida) masalasini o’rganib chiqib, taklif kiritish.

20. NBT-312-Nizomi talablariga muvofiq aksiyadorlik jamiyati tizimidagi barcha boshqarma, markaz, xizmat boshliqlari, o’rinbosarlari va bosh muhandislari, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha muhandislari, MTUlar boshliqlari, yirik ishlab chiqarish korxonalari va ta’lim muassasalari rahbarlarining aksiyadorlik jamiyati qoshidagi doimiy maxsus komissiyasi tomonidan bilim saviyalarini tekshirish ishlariga jiddiy ma’suliyat bilan yondoshish, imtixon talablarini kuchaytirish.