• shargunkomir@railway.uz
  • +998 94 511 85 58
  • Davlat ramzlari Davlat ramzlari
  • Dush-Juma, 09:00 - 18:00
  • Sayt xaritasi Sayt xaritasi
Close
Close

Monthly Archives:Dekabr 2020

Mukofot muborak bo’lsin!

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni imzo chekkan Farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Mukofotlanganlar orasida Olimov Abdurashit Ro’zievich – “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati buldozer mashinisti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Biz hamkasblarimizni Vatanimizning yuksak mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Moliyaviy hisobotlarning tashqi auditi uchun tanlov

“Sharg’unko’mir” AJ moliyaviy hisobotlarning tashqi auditi uchun tanlov e’lon qiladi: – 2020 yil oxirida Milliy buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tashqi audit o’tkazish; – xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MSFO) muvofiq tashqi auditni o’tkazish; – 2020 yil yakunlari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlar  qiymatlarining auditi; – 2020 yil uchun korporativ boshqaruv tizimini baholash; Tanlovda auditorlik tashkilotlariga quyidagilar talab etiladi: O’qishni davom eting

19 dekabr kuni Termiz shahar san’at saroyida sanoat yarmarkasi o’tkazildi

O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-martdagi “2020-2021-yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida”gi 136-sonli qarori 9-bandiga asosan joriy yilning 19 dekabr kuni Termiz shahar san’at saroyida sanoat yarmarkasi o’tkazildi. Ushbu sanoat yarmarkasiga “Sharg’unko’mir” AJ hamda “Sharg’un mexanika zavodi” MChJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ishtirok etildi. Ko’rgazmada Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan O’qishni davom eting

3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, sayyoramiz aholisining 15 foizi (bir milliarddan ortiqroq inson) nogironlikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. 60 yoshdan oshganlarning 46 foizini nogironlar tashkil qiladi. Yer yuzidagi nogironligi bor insonlarning 10 foizi esa bolalardir. Dunyoda bunday insonlarning 80 foizdan ortiqrog’i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Ularning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish O’qishni davom eting

“Sharg’unko’mir” AJ – CHEMPION!

Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeli va kasaba uyushma hududiy qo’mitasi rahbariyatining 26 noyabr 2020 yildagi 32/20-sonli qo’shma qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi bayrami munosabati bilan “Sport sog’liq garovi” shiori ostida temiryo’lchilar o’rtasida Mini futbol musobaqasiga qur’a tashlandi. Ushbu musobaqaga «Sharg’unko’mir» AJ bosh direktori Xamza Naimovich Abdullayev tashabbusi bilan «Sharg’unko’mir» AJ uchastkalaridan tuzilgan tarkib O’qishni davom eting