875 ko'rishlar

“Sharg’unko’mir” AJga qarashli №10-shtolnya sanoat maydonining shimoli-g’arbiy qismidagi ko’chkini bartaraf etish yoki zararsizlantirish masalasi yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi…

 2021 yil 4-mart kuni “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari X.A.Omonov hamda O’zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati boshlig’i M.M.Toshpulatov, O’zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati geologiya bo’limi boshlig’i I.Uralov, Surxondaryo viloyati Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati boshlig’i A.A. Anorboyev, Surxondaryo viloyati Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati yetakchi mutahassisi O.Xudoykulovlar “Sharg’unko’mir” AJga qarashli №10-shtolnya sanoat maydonining shimoli-g’arbiy qismidagi ko’chkini bartaraf etish yoki zararsizlantirish masalasi bo’yicha ushbu hududga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ushbu hudud o’rganilib, bartaraf etish bo’yicha ikki tomon kelishgan holda kerakli bo’lgan ko’rsatmalar berildi.