
“Sharg’unko’mir” AJ – CHEMPION!
Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeli va kasaba uyushma hududiy qo’mitasi rahbariyatining 26 noyabr 2020 yildagi 32/20-sonli qo’shma qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi bayrami munosabati bilan “Sport sog’liq garovi” shiori ostida temiryo’lchilar o’rtasida Mini futbol musobaqasiga qur’a tashlandi. Ushbu musobaqaga «Sharg’unko’mir» AJ bosh direktori Xamza Naimovich Abdullayev tashabbusi bilan «Sharg’unko’mir» AJ uchastkalaridan tuzilgan tarkib jamoa ham qatnashdi.
«Sharg’unko’mir» AJ tarkibi: murabbiy bosh geolog-Xo’jaqulov Baxtiyor, hujumga: marketing bo’limi mutahassisi-G’aniev Adham, xodimlar bo’limi boshlig’i-Toshov Firdavs, yer osti uchastkasi boshlig’i-Tursunov Toshpo’lat, haydovchi-G’afforov Javlon, o’t yoquvchi – Ibragimov Karomiddin, himoyachilar: Amonov Zafar, Xamidov Sayyod, Xamidov Doston, Xamidov Alisher, Shukurov Ahmad, darvozabon: tajribali – Pardayev Sunnat. 28 noyabr kuni birinchi o’yinga «Sharg’unko’mir» AJ jamoasi va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ga tegishli, bir necha yillardan buyon Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeli o’rtasida bo’layotgan futbol musobaqasining chempion jamoasi “Lokomotiv Depo” jamoasi bilan maydonga tushib, «Sharg’unko’mir» AJ jamoasi 5:2 hisobda g’alaba qozonib, keyingi turga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Shundan so’ng 1-dekabr kuni «Sharg’unko’mir» AJ futbol jamoasi “O’zbekiston temir yo’llari”ga qarashli ECH-7 futbol jamoasini 5:1 hisobda g’alaba qozonib yarim finalga yo’llanmani qo’lga kiritdi, vanihoyat joriy yilning 3-dekabr kuni “O’zbekiston temir yo’llari”ning PCH-13 futbol jamoasini 6:3 hisobda g’alaba qozondi va finalga chiqdi.

Shu kuni tushlikdan so’ng final o’yinga start berildi. Finalga «Sharg’unko’mir» AJ jamoasi “O’zbekiston temir yo’llari”ga qarashli LOVD futbol jamoasi bilan maydonga tushdi. O’yin juda qizg’in bahsda o’tdi. Baribir «Sharg’unko’mir» AJ jamoasi raqiblaridan ustunlik qilishdi. «Sharg’unko’mir» AJ jamoasi 4:1 hisobda “O’zbekiston temir yo’llari”ga qarashli LOVD futbol jamoasi ustidan g’alaba qozonib Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeliga start berilgan Mini futbol sport musobaqasiga chempionlikni qo’lga kiritdi.
Musobaqada eng ko’p gol urgan o’yinchilar birinchi o’rinda Ibragimov Karomiddin, ikkinchi o’rinda G’aniev Adham, G’afforov Javlon, qolgan o’yinchilar Tursunov Toshpo’lat, Toshov Firdavslar ham gol urib, maydondagi o’yin mahoratlarini ko’rsatishdi. Amonov Zafar, Xamidov Sayyod oxirgi o’yinda himoyada turganliklari sababli, ulardan to’p o’tishi qiyin bo’ldi, va nihoyat darvozabon Pardayev Sunnat ham o’z postini himoya qilib, darvozaga to’p kirish holatlari bo’lmadi. Umuman olganda barcha jamoa tarkibidagi o’yinchilar yaxshi o’yin ko’rsatib, «Sharg’unko’mir» AJ chempion bo’lishi uchun, «Sharg’unko’mir» AJ obro’sini himoya qilish uchun, o’z hissalarini qo’shib, bor jon-jaxdi bilan o’yin ko’rsatishdi.

«Sharg’unko’mir» AJ barcha ishchi-xodimlari nomidan, boshqaruv apparati xodimlari nomidan, «Sharg’unko’mir» AJ bosh direktori nomidan, «Sharg’unko’mir» AJ kasaba uyushma qo’mitasi nomidan «Sharg’unko’mir» AJ futbol jamoasi tarkibi o’yinchilariga o’z minnatdorchiligini bildiradi.