439 ko'rishlar

Sharg’un ko’mir konlari tashqi elektr ta’minotining hozirgi holatini o’rganib chiqish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi…

2021 yil 12 mart kuni “Sharg’unko’mir” AJ va “Surxondaryo HETK” AJ, “O’zenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, “Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi” Suzxondaryo viloyat bo’limi mutaxassislari bilan birgalikda Sharg’un ko’mir konlari tashqi elektr ta’minotining hozirgi holatini o’rganib chiqish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida elektr ta’minotining hozirgi holatini joyiga borib o’rganib chiqildi va kelajakda qilinishi kerak bo’lgan ishlar kelishib olindi.

Ma’lumot: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.01.2017 yildagi PQ-2727 sonli qaroriga asosan “Sharg’unko’mir” AJ loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko’mir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirish “chora-tadbirlari” tog’risidagi qarori asosida “Sharg’unko’mir” AJ konlarida investitsiyaviy loyiha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.