
Mukofot muborak bo’lsin!
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni imzo chekkan Farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

Mukofotlanganlar orasida Olimov Abdurashit Ro’zievich – “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati buldozer mashinisti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Biz hamkasblarimizni Vatanimizning yuksak mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz.