
Modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgan 6 va 10-sonli yer osti kon lahmlarida nazorat tekshiruvi o’tkazildi…
“Sharg’unko’mir” AJ modernizatsiya loyihasini amalga oshirish direksiya filiali barcha mutaxassislari va “Sharg’unko’mir” AJ mutaxassislari bilan birgalikda modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgan №6 va №10 shtolnya (yer osti kon lahm) larida nazorat tekshiruvi o’tkazildi. Barcha ish olib borilayotgan kon lahmlari ko’zdan kechirilib, ko’rilgan holatlar yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasining CRTG va CCTEG konsorsium kompaniyalari (pudratchi) ga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Ma’lumot: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.01.2017 yildagi PQ-2727 sonli qaroriga asosan “Sharg’unko’mir” AJ loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko’mir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun “Sharg’unko’mir” AJ (buyurtmachi) va Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalari konsorsiumi “China Railway Tunnel Group Co., Ltd.” va “China Coal Technology & Engineering Group Corp.” (Pudratchi) o‘rtasida 01.11.2016 yilda 94,5 mln. AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolangan. Moliyalashtirish Xitoy Xalq Respublikasining “Eksimbank” krediti hisobidan amalga oshirilmoqda. Loyihaning yer osti qurilish ishlari 95 % ga bajarildi.