Cancel Preloader
 ASSALOM NAVRO’Z!

ASSALOM NAVRO’Z!

Bugun “Sharg’unko’mir” AJda milliy bayramimiz “Navro’z” bayrami munosabati bilan tantanali keng tashkillashtirilgan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Bayramda jamiyatimiz ishchi-xodimlaridan iborat guruhlar milliyligimiz va qadriyatlarimizni ko’rsatib beruvchi har xil chiqishlarni namoyish qilishdi. Bayram tadbirida “Bahor malikasi” va milliyligimizni, qadriyatlarimizni aks ettiruvchi tanlov ya’ni tarixdan hozirgi kunga qadar tayyorlanadigan milliy taomlar va kiyimlar tanlovi bo’lib o’tdi.

“Bahor malikasi” tanlovida umumiy hisobda yuqori “ma’muriy-maishiy” xizmat tabelchisi Xolmirzayeva Xolida 1-o’rinni egalladi.  Milliyligimizni, qadriyatlarimizni aks ettiruvchi tanlovda ham uchastkalar o’rtasida yuqori texnologik majmua ishchi-xodimlari 1-o’rinni egalladi.

Bayram tadbirida jamiyatda ishlab nafaqaga chiqqan faxriylar, shuningdek xitoylik hamkorlar ham ishtirok etdilar.

Kuni kecha “Navro’z” bayrami munosabati bilan uchastkalararo futbol musobaqasi va “Sumalak” tadbiri bo’ldi.

Futbol musobaqasida 3-o’rinni “Sharg’unko’mir” AJni modernizatsiya qilish direksiyasi, 2-o’rinni harbiylashtirilgan kon qutqaruv xizmati, 3-o’rinni esa “1-sonli yer ostidan ko’mir qazib olish” uchastkasi qo’lga kiritib, “Sharg’unko’mir” AJda chempionlikni qo’lga kiritdi. Yana bir marta bayramingiz muborak bo’lsin aziz konchilar!