“Шарғункўмир” акциядорлик жамиятига ишга кириш истагида бўлган кончилик иши, ер ости электрчилангари, ер ости электрпайвандчи, Хитой тили таржимони мутахассислиги мавжуд бўлган фуқароларни яратиладиган янги иш ўринларига саралаш учун 2023 йил 13 октябр куни соат 8-00 дан 14-00 га қадар “Шарғункўмир” акциядорлик жамияти маъмурияти биносида бўлиб ўтадиган Кадрларни танлаш ва ишга қабул қилиш комиссияси суҳбатига таклиф этамиз. Саволлар ва мурожаат қилиш учун +998-99 673-53-83, +998-91-901-53-83 телефон рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин.

Ishga qabul qilish to’g’risidagi ma’lumotlar

Ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

pasport yoki uning o’rnini bosadigan boshqa hujjatni, un olti yoshgacha bo’lgan shaxslar esa, – tug’ilganlik to’g’isidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;

mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O’rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o’rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

Harbiy hizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turgandik haqidagi guvohnomani;

Qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo’lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o’rta mahsus, kasb-hunar o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risidagi diplomni yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi. (Birinchi qism O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrь O’R?-239-son qonuni tahririda – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2009 yil, 52-son, 554-modda)

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko’rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.


Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi

Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi.

Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o’zi vakil qilgan organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa organlar orqali amalga oshiradi.

Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi.

Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to’la muvofiq ravishda chiqariladi.

Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.

Ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruhsat etilgan bo’lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.