“O’zbekiston temir yo’llari” – 1994 yil 7-noyabrda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llarining liniyalari asosida tashkil etilgan. Ushbu temir yo’l kompaniyasi O’zbeksitondagi temir yo’llarni, shuningdek Toshkent metropolitenini boshqaradi.

2019-yil 1-yanvar holatiga aksiyadorlik jamiyati umumiy yo’llarining umumiy joylashtirilgan uzunligi 6950 kilometrni tashkil etdi, ularning 2500 kilometri elektrlashtirildi. Aksiyadorlik jamiyatida 91 ming kishi ishlaydi.

Temir yo’lning yillik yuk aylanmasi mamlakatdagi barcha transport turlarining umumiy yuk aylanmmasining qariyb 25 foizini tashkil etadi. (2015-yil O’zbeksitondagi barcha transport turlarining umumiy yuk aylanmasi 88.9 milliard t-km, O’zbeksiton temir yo’liga 22.9 milliard t-kmni tashkil etadi).

O’zbeksiton temir yo’li MDH davlatlari orasida ikkinchi (Moskva – Sankt-peterburg yo’nalishidagi Rossiyaning Sapsan poezdlaridan keyin) Toshkentdan O’zbekistonning uchinchi yirik shahri – Samarqandga qayta tiklangan maxsus yo’nalishda tezyurar yo’lovchi poezdini (Afrosiyob) ishga tushirdi. Keyinchalik Buxoroga qadar kengaytirildi.