Cancel Preloader
 8 Мart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sharg’unko’mir” AJda ko’tarinki kayfiyat aks etmoqda.

8 Мart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sharg’unko’mir” AJda ko’tarinki kayfiyat aks etmoqda.

Mana bugun Sharg’un shahridagi ko’rkam “Sardorbek” to’yxonasiga 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Sharg’unko’mir” AJ ayollari uchun bayram dasturxoni bezatildi. “Sharg’unko’mir” AJda jami bo’lib 734 nafar ishchi-xodim ishlamoqda. Shulardan 72 nafari ayollardir. Ayollar har xil sohada ishlashlari mumkin. Bayram munosabati bilan “Sharg’unko’mir” AJ bo’lim, bo’linmalarda va uchastkalarda samarali mehnat qilayotgan ayollarga “Sharg’unko’mir” AJ ma’muriyati va “Sharg’unko’mir” AJ kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishgan holda 72 nafar ayollar sovg’alar bilan taqdirlandilar. Termiz MTUda bo’lib o’tgan ayollar spartakiadasining 1-bosqichiga g’alaba qozongan ayollarga esa jamiyat bosh direktori Abdullayev Xamza Nayimovich tomonidan tashakkurnomalar berildi.

Bayram juda qizg’in, xush kayfiyatda bo’lib o’tdi, “Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Xamza Nayimovich Abdullayev ayollarni bayram bilan tabriklab, ularning ishlariga rivojlar tiladi va bayram dasturxonini ochib berdi. Shundan so’ng kuylar kuylarga ulandi, barcha raqsga tushib, bayram juda ham chiroyli bo’lib, yana bir marta “Sharg’unko’mir” AJga faqat bayramlar yarashishini isbotlab berdi.