
3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, sayyoramiz aholisining 15 foizi (bir milliarddan ortiqroq inson) nogironlikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. 60 yoshdan oshganlarning 46 foizini nogironlar tashkil qiladi. Yer yuzidagi nogironligi bor insonlarning 10 foizi esa bolalardir. Dunyoda bunday insonlarning 80 foizdan ortiqrog’i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.

Ularning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983-1992 yillar Xalqaro nogironlar o’n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o’n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktyabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb e’lon qilingan.
Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to’laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.
Shu munosabat bilan “O’zbekiston temir yo’llari”AJ va Tarmoq kasaba uyushmasi o’rtasida 2020 yilning 13 noyabrida №791-N-sonli qo’shma buyrug’iga asosan “Sharg’unko’mir” AJ ma’muriyati va “Sharg’unko’mir” AJ kasaba uyushma qo’mitasi bilan hamkorlikda “Sharg’unko’mir” AJ da ishlab nafaqaga chiqqan 15 nafar sobiq hamkasblar, nogironlarni holidan xabar olindi.
“Sharg’unko’mir” AJ da ishlab, nafaqaga chiqqan nogironlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, nogironlarni holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab quvvatlash maqsadida korxona sobiq ishchilarini uylariga borib, manzilli oziq-ovqat tarqatildi.